“O‘zbekiston pochtasi” AJ ma’lum qiladi
22.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 16-martidan boshlab koronavirusning O’zbekistonda tarqalishi munosabati bilan barcha mamlakatlarga havo, temir yo’l va avtomobil transportida yo’lovchilarni tashish to’xtatildi.

Shu sababli, «O’zbekiston pochtasi» AJ tomonidan tegishli choralarni ko’rgan holda, xalqaro pochta jo’natmalarini yuborish va etkazib berish jarayonini yo’lga qo’yish uchun barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda.

Global xavfsizlik choralarining kuchayishi tufayli havo va temir yo’llari transportlari doimiy ravishda turli mamlakatlarga parvozlar rejasio’zgartirilmoqda yoki kamaytirilmoqda. Ko’plab yo’nalishlarga havo transporti qatnovi butunlay to’xtatilgan. Havo transportining to’xtatilishini inobatga olgan holda, «O’zbekiston pochtasi» AJ yer usti transporti orqali yuboriladigan pochta jo’natmalarini quyidagi davlatlarga qabul qiladi: Avstriya, Belgiya, Bolgariya, Vengriya, Buyuk Britaniya, Gretsiya, Germaniya, Daniya, Italiya, Irlandiya, Ispaniya, Kipr, Lyuksemburg, Latviya, Malta, Gollandiya, Portugaliya, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Slovakiya, Frantsiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chex respublikasi, Shvetsiya, Estoniya, Ukraina, Xitoy, Litva, Belarus, Qozog’iston, Turkmaniston, Rossiya.

Transport aloqalari tiklanishiga qarab ushbu davlatlar ro’yxatiga o’zgartirish kiritib boriladi. Kiritiladigan o’zgarishlar haqidagi xabarlar bizning https://pochta.uz/ veb-saytimizda va «O’zbekiston pochtasi» AJning facebookdagi rasmiy veb-saytida https://www.facebook.com/uzpochta/ joylashtiriladi.

O’zbekiston Respublikasi hududidagi ichki jo’natmalar doimiy yo’nalishlar bo’yicha amalga oshiriladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq