“Xabar” gazetasi 28 yoshda!
20.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

21-mart kuni “Xabar” gazetasining ilk soni chop etilganiga 28 yil to‘ladi. Navro‘z umumxalq bayrami, “Xabar” gazetasi xodimlari uchun qo‘shaloq bayram. “Xabar” gazetasi jamoasida qanchadan-qancha yosh jurnalistlar shu yerda o‘z bilimlarini oshirib katta hayotga qadam tashlagan.

Bugungi kunda, gazeta ijodkorlari axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini keng jamoatchilikka yoritib kelmoqda. Jamoaning targ‘ibot-tashviqot ishlari har doim qadrlanib kelingan.

Bugun 20-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vaziri Shuhrat Sodiqov tahririyatga kelib, gazeta faoliyati bilan yaqindan tanishib, barcha xodimlar bilan ochiq suhbatlashdi. Xodimlarni qo‘shaloq bayram bilan tabriklab, vazirlik sovg‘alarini topshirdi.

O‘tgan yili ham shu sanada AKT vaziri gazeta ijodiy jamoasi bilan dildan suhbatlashgandi.

Ma’lumot uchun: Gazeta muassisligida 2017 yilda “Xabar.uz” axborot-tahiliy portali tashkil etilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq