“O‘zkomnazorat” DIda “UNITEL” MChJ rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
20.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 20-martda “O‘zkomnazorat” DIda inspeksiya boshlig‘i A.Xodjayev va “UNITEL” MChJning bosh direktori S.Afonin bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, uchrashuvda “O‘zkomnazorat” DIdan – boshliqning birinchi o‘rinbosari D.Rustavom va boshliq o‘rinbosari A.Matkarimov, mobil operatori tomonidan – texnik direktor Ye.Klyuchev va davlat organlari bilan hamkorlik bo‘yicha direktor S. Muxammadiyev ishtirok etdilar.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha mamlakatda IKT qamrovini kengaytirish, mobil aloqalari va Call-markaz ishi sifatini yaxshilashga doir masalalar muhokama qilindi.

“UNITEL” MChJ rahbariyati 500 dan ortiq aholi punktlari, shuningdek, respublikaning chekka hududlarida joylashgan 70 ga yaqin aholi punktlarini mobil aloqalarining 2G va 4G (LTE) standartlari bo‘yicha qamrab olishni rejalashtirayotganlarini ma’lum qildi.

Shu jumladan, karantin davrida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bo‘yicha Call-markazlarning uzluksiz ishlashiga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv so‘ngida, tomonlar barcha dolzarb masalalar bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq