“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining rasmiy bayonoti
20.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali 180 dan ortiq elektron davlat xizmatlari taqdim etilishi tashkillashtirilgan, shuningdek 120 dan ortiq vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlari orqali ham fuqarolarga va tadbirkorlik subyektlariga davlat interaktiv xizmatlari ko‘rsatilmoqda.

Mazkur xizmatlarning asosiy afzalliklari fuqarolar davlat organlariga tashrif buyurmasdan kerakli ma’lumot yoki hujjatga ega bo‘lishi mumkin, ortiqcha byurokratik to‘siqlar, uzoq navbat kutishlarsiz o‘z vaqtida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni tatbiq etish asosida, zarur xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasida Koronavirus tarqalishini oldini olishga qaratilgan karantin tadbirlari munosabati bilan vazirlik va idoralarning elektron davlat xizmatlaridan foydalanishda fuqarolarning murojaatlari soni ortib ketishi ehtimoli mavjud, bu esa, tegishli axborot tizimlari va resurslarga, serverlarning quvvatiga, dasturiy ta’minotiga va boshqa texnik vositalarida yuklamalarning sezilarli darajada ortishiga olib keladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 21-noyabrdagi PQ-4024-son qaroriga binoan O‘zkomnazorat DI zimmasiga davlat organlarining rasmiy veb-saytlarini va ular ko‘rsatayotgan interaktiv hamda boshqa elektron xizmatlarning uzluksiz ishlashini monitoring qilish vazifasi yuklatilgan.

2020-yil fevral oyida O‘zkomnazorat tomonidan o‘tkazilgan monitoring natijasida bir qator vazirlik va idoralarning 85 ta veb resurslarida 119 soat 14 daqiqa davomiyligida uzilishlar yuzaga kelganligi aniqlangan. Bu kabi uzilishlar hozirgi kunda ham uchramoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, O‘zkomnazorat DI vazirlik va idoralardan quyidagi jihatlarga e’tibor qaratishni so‘raydi:

1. Elektron davlat xizmatlarini nafaqat mamlakat, balki xorijdan ham uzluksiz ishlashini tashkil etish;

2. Tashqi maydonda (ichki serverlardan tashqari) rasmiy veb-saytlarning nusxalarini, o‘ta ahamiyatli ma’lumotlarni, shuningdek, zarur va muhim axborot resurslarining zaxira nusxalarini tashkil etish;

3. Axborot xavfsizligini ta’minlash doirasida namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan muammolarni tahlil qilish, zarur hollarda unga muvofiq profilaktik tadbirlar o‘tkazish, shuningdek axborot tizimlari va resurslarda antivirus himoya tizimini faollashtirishga doir choralarni ko‘rish;

4. Internet tarmoqlarida o‘z rasmiy veb-resurslariga kirish imkoniyatini va ish qobiliyatini doimiy monitoringini tashkil etish;

5. Foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari saqlanishi ustidan nazoratni kuchaytirish, internet tarmoqlarida shaxsiy ma’lumotlarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik va profilaktikasi bo‘yicha choralar qabul qilish.

Rasmiy veb-saytlarga kira olmaslik, shuningdek, qisqa muddatli uzilishlar va resursga kirishda cheklovlar qo‘yilishi aholining rasmiy hamda ishonchli ma’lumotlar olishga to‘sqinlik qilishi mumkin, bu ijtimoiy tarmoqlarda turli shubhali ma’lumotlar ortishiga sabab bo‘lishiga e’tiboringizni qaratishingizni so‘raymiz.

Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilariga koronavirus pandemiyasi haqidagi fake ya’ni yolg‘on xabarlarga ishonmaslikka, axborotni rasmiy va ishonchli manbalardan olishni tavsiya qilamiz:

@koronavirusinfouz
#vahimasizkarantin
#карантинбезпаники

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq