Odnoklassniki koronavirus davrida foydalanuvchilarni musiqaga obuna qilish bilan xursand qiladi
20.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

VKontakte (Aloqada) va Odnoklassniki koronavirus davrida foydalanuvchilarni qo‘llab-quvvatlashga qaror qilib, musiqaga obuna bo‘lishni imkon qadar qulay va osonlashtirdi.

Odnoklassnikida musiqaga obuna bo‘lish rasmiylashtirilganda barcha platformalarda foydalanuvchilar uch oy mobaynida u uchun OKlar – ijtimoiy tarmoqning virtual valyutasi shaklida 100% keshbek oladilar. Uning yordamida, masalan, OK platformasidagi mobil va desktop o‘yinlarda sotib olishlar uchun haq to‘lash mumkin.

Andrey Rogozov, CEO VKontakte:

«Sog‘lig‘ingizni saqlash uchun ko‘chaga chiqmaslik ma’qul bo‘lgan bunday kunlarda yaxshi kayfiyat hamda jangovor ruhni saqlab turish,ayniqsa, muhim. Bunday holatlarda ko‘plarga musiqa yordam beradi  — shu sababli biz uch oylik obunani imkon qadar barcha foydalanishi uchun qulay qilishga qaror qildik. Sevimli treklaringiz karantinning sezilmay o‘tib ketishida sizga hamroh bo‘ladi va sizni ruhlantiradi deb umid qilamiz».

Anton Fedchin, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i rahbari:

«Musiqa — OKning eng “uybop” servislaridan biri bo‘lib, vaqtni yaxshi o‘tkazish va ijtimoiy tarmoqdagi barcha o‘z yaqinlaringiz bilan yaxshi kayfiyatni bo‘lishish imkonini beradi. Foydalanuvchilarimiz o‘z qurilmalarida musiqani nafaqat bemalol eshitishlari, balki ijtimoiy tarmoqdan olgan virtual valyutalaridan boshqa odatdagi servislar uchun foydalanishlari maqsadida biz musiqaga 100% li keshbek qildik».

VK va Odnoklassnikida musiqaga obuna bo‘lish treklarni fon rejimida qancha xohlasangiz shuncha reklamasiz, shuningdek, oflayn — BOOM ilovasi yordamida eshitish imkonini beradi. Hozirda Mail.ru Group yagona musiqa ekotizimida 3,1 mln.dan ortiq faol pulli obunachilar  mavjud.

Ilgari Odnoklassniki koronavirus to‘g‘risida tekshirilgan manbalardan olingan yangiliklar lentasi ishga tushirgan edi.

Manba: kompaniya press-relizi

 

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq