HUMO ikkita yirik savdo-xizmat korxonalari tarmoqlarida pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini 250 000 so‘mgacha oshirdi
19.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

O‘zbekistonda COVID-19 virusi sababli joriy etilgan karantin tartibi munosabati bilan HUMO to‘lov tizimi Korzinka.uz va Makro supermarketlari tarmoqlarida HUMO kartalari egalari uchun pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini 250 000 so‘mgacha oshirdi. Bu vaqtinchalik chora bo‘lib, aholi ko‘plab to‘planadigan joylarda HUMO kartalari foydalanuvchilari terminal bilan jismoniy kontaktni kamaytirish maqsadlarida qo‘llaniladi.

“Biz karantin paytida kundalik xaridlar qiladigan mijozlar soni oshgan Korzinka.uz va Makro supermarketlari tarmoqlarida pin-kodsiz tranzaksiyalar limitini vaqtincha oshirishga qaror qildik. Kartani kassirga uzatmaslik, terminalga yoki pinpadga tegmaslik imkoniyati xaridlar jarayonining tezroq va xavfsizroq kechishiga yordam beradi”, – deb tushuntirdi, MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.

Bu vaqtinchalik chora, kassalarda odamlar to‘planib qolishini qisqartirish va xaridorlarning kassadan o‘tishini tezlashtirish imkoniyatni yaratadi. Korzinka.uz va Makrodagi ushbu qulaylik choralari mamlakatdagi umumiy vaziyat normallashguniga qadar amal qiladi.

Ammo shuni eslatib o‘tamizki, mavjud 50 000 so‘m miqdorgacha bo‘lgan pin-kodsiz tranzaksiyalar HUMOning butun infratuzilmasi bo‘yicha amal qilishda davom etadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq