Yoshlar Akademiyasining Startaplar platformasida eng koʻp haq toʻlanadigan veb-dizayner va dasturchi roʻyxatdan oʻtdi
18.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtidorli yoshlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi Firdavs Nematzoda Isroilning Petax Tikva shahrida boʻlib qaytdi. Tashrif doirasida u “WATERGEN” kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan qisqa muddatli tajriba almashish dasturida qatnashib, kompaniya tomonidan taklif etiladigan mahsulotlar boʻyicha maʼlumotlar oldi. Hamkorlik aloqalarini oʻrnatish maqsadida Isroil davlatida faoliyat yuritayotgan Oʻzbekistonlik iqtidorli yoshlar bilan ularni Yoshlar akademiyasiga jalb etish, akademiya faoliyati bilan tanishtirish hamda ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida uchrashdi.

F.Nematzoda shuningdek Kipr, Baxrayn va Abu Dabida tashkil etiladigan “WADIWATER” kompaniyasining tajriba almashish dasturida qatnashish uchun taklif etildi.

Shuningdek, Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi Yoshlar akademiyasiga keng jamoatchilikni jalb etish maqsadida Tel-Aviv shahrida faoliyat yuritayotgan “Upwokr” plaftormasida vatandoshimiz, eng koʻp haq toʻlanadigan veb-dizayner va dasturchi Stanislav Lvovskiy bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv doirasida Stanislav oʻz jamoasi bilan Yoshlar akademiyasining Startaplar plaftormasida oʻzining Markaziy Osiyoda birinchi frilanserlar plaftormasi loyihasi bilan roʻyxatdan oʻtdi.

Stanislav 1990-yil Toshkentda tugʻilib, talabalik paytlari veb-dizaynerlik va dasturchilikka qiziqib Upwork platformasida oʻz faoliyatini boshlagan va hozirda 280 dan ortiq veb loyihalarning asoschisi. U 2019-yilning noyabr oyidan boshlab Isroil davlatining Tel-Aviv shahrida yirik Startap loyihasida faoliyat yuritmoqda. Stanislav oʻz jamoasi bilan Oʻzbekistonda ilk frilanserlar platformasi startap loyihasini yoʻlga qoʻyishni rejalashtirmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq