Toshkentdagi Amiti universiteti o‘z talabalari uchun onlayn-ta’limni joriy etdi
18.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Toshkentdagi Amiti universiteti o‘z talabalarni o‘quv jarayonini ta‘minlash maqsadida 19-martdan boshlab onlayn-ta‘limni joriy etdi. Bu esa talabalarga fanlarni masofaviy tarzda o‘zlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga har bir talabaga nisbatan individual yondashuv qo‘llaniladi.

Ta‘kidlash joizki, Amiti universiteti onlayn-ta‘lim bo‘yicha katta tajribaga ega. Oliy ta‘lim muassasasi huzurida alohida akkreditatsiyadan o‘tgan onlayn-universitet faoliyat ko‘rsatmoqda, va uning tizimida dunyoning 135 mamlakatidan 76 mingdan ortiq talaba tahsil oladi. “Amity-online” birinchi va eng yirik оnlayn-universiteti bo’lib, 10dan ortiq bakalavr va magistratura yo‘nalishlari bo‘yicha diplom taqdim etadi.

Hozirgi kunda Toshkentdagi Amiti universitetining ma‘muriyati hindistonlik tomoni bilan O‘zbekistonda birinchi onlayn-universitetni joriy qilish masalasi bo‘yicha o‘zaro muzokara olib bormoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq