Toshkent shahridagi Inha Universiteti o’z xodimlarni masofadan turib ishlashga va shu qatorda talabalarga onlayn ta’lim berish platformasini sinovdan o’tkazmoqda
18.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Toshkent shahridagi Inha universiteti rahbari o’z xodimlarni masofadan turib ishlashi haqidagi buyruqqa imzo chekdi. Muzaffar Dlalalovning fikriga ko’ra, odamlar kamroq aloqada bo’lishadi va, albatta, virusni yuqtirish ehtimoli kamroq bo’ladi.

Eslatib o’tamiz, 2020-yil 16-martdan O’zbekiston Respublikasi hukumati qaroriga asosan barcha ta’lim muassasalari yopiq deb e’lon qilingan. Biroq ko’plab ta’lim muassasalarida o’qituvchilar va hodimlar masalasi ochiq qolgan. Kecha Toshkentdagi Inha universitetida bu masala hal qilindi. Universitetning v.b rektorning buyrug’i bilan universitet xodimlarining 70% masofadan turib ishlashga o’tkazildi va shu qatorda katta yoshdagi xodimlar pullik ta’tilga jo’natildi.

«Afsuski, bugungi kunda O’zbekiston Sog’liqni saqlash vazirligi va Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan berilgan tavsiyalarga qat’iy roya qilish shart. Qo’llarni sovun bilan yuvish va yuqumli kasalliklarning dastlabki belgilarida shifokor bilan maslahatlashish bilan bir qatorda, bir-birlari bilan kamroq aloqa bo’lish, jamoat joylariga borish, jamoat transportidan foydalanish muhim masala bo’lib qolmoqda. Shu sababli biz xodimlarning 80% buyrug’i bilan ish joyida jismoniy mavjudligidan ozod qilish to’g’risida qaror qabul qildik. Bugungi kunda har bir inson uchun internet juda qulay sharoitlar yaratib berganini hisobga olgan holda universitetimiz hodimlarini masofadan turib ishlashlari barchamiz uchun qulay va xafsizdir»,deb takidladi universitet rekrori Muzaffar Djalalov.

Bundan tashqari, Universitet ma’muriyati bugungi kunda talabalarni onlayn o’qitish platformasini sinovdan o’tkazmoqda. 16-martdan barcha o’quv muassasalarida karantin e’lon qilinganligi sababli barcha talabalar o’z tuman va viloyatlariga jo’nab ketishdi. 12-aprelga mo’ljallangan birinchi imtihon, belgilangan holatlar tufayli kirish imtihonlari 25-aprel («kompyuter va dasturiy injiniring» fakulteti uchun) va 26-aprel («logistika»fakulteti uchun) ga o’tkaziladi. Onlayn ro’yxatdan o’tish 10-aprelgacha uzaytirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq