TATU rektori va professoriga Axborotlashtirish Xalqaro akademiyasi akademigi unvoni berildi
18.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

18-mart kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshabayev hamda universitet professori Tuygun Nishanbayev Axborotlashtirish Xalqaro akademiyasini haqiqiy a’zosi deb saylandi va ularga Axborotlashtirish Halqaro akademiyasining akademigi unvoni berildi.

Unvonni topshirish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Aborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sodiqov, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri I.Majidov hamda Qozog‘iston tabiiy fanlar milliy akademiyasi akademigi M.Yakubovalar ishtirok etdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ilg‘or texnologiyalarni qo‘llagan holda ta’lim sifatini oshirish va soha korxonalari uchun har tomonlama mukammal kadrlarni tayyorlash ishlari muntazam ravishda takomillashtirib kelinmoqda. Bu borada xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Bugungi kunda universitet xorijiy OTMlar bilan hamkorlik qilish bilan bir qatorda, qo‘shni Qozog‘iston Respublikasining bir qator OTMlari bilan ham hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan bo‘lib, ularning ichida Almata energetika va aloqa universiteti bilan qurilgan aloqa alohida o‘rin tutadi. Ushbu universitet bilan hamkorlik kelishuvi 2017 yilda imzolangan bo‘lib, bugungi kunga qadar ikki OTM o‘rtasida keng ko‘lamli hamkorlik ishlari olib borilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq