Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabida onlayn ta’lim yo’lga qo’yildi
18.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning, 16-mart kunidan barcha davlat va nodavlat ta’lim muassasalarida, shuningdek, Muhammad аl-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashgan maktabda muddatdan oldin bahorgi ta’til e’lon qilindi.

Ammo o‘quv jarayoni to‘xtagani emas. O‘quvchilar o‘qishni davom ettiraveradi, biroq darslar endi masofaviy, onlayn tarzda o‘tkaziladi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktab o’qituvchilari birgalikda onlayn darslar ishlab chiqdi. O’quvchilar fanlarni onlayn o’zlashtirish imkoniyatiga ega bo’ldilar.

Bundan tashqari, maktab sinf rahbarlari bilan birgalikda har bir o’quvchi bilan Google Education platformasi orqali individual yondashuv yo’lga qo’yilgan. O’qituvchilar o’quvchilar bilan o’zaro masofaviy ta’lim olib bormoqdalar. Bunday imkoniyat o’quvchilarni qolib ketgan darslarini o’zlashtirish va o’z bilimlarini mustahkamlashda yordam beradi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq