TATUda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini moderinizatsiya qilish xalqaro loyihasi oʻz faoliyatini boshladi
15.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida oʻquv va ilmiy ishlar sifatini oshirish hamda xalqaro standartlar darajasiga tenglashtirish boʻyicha xorijiy davlatlar, xususan Yevropa mamlakatlari tajribalarini oʻrganish va taʼlim jarayonlariga qoʻllash ishlari keng koʻlamda amalga oshirilmoqda. Yevropa ittifoqi Erasmus+ dasturining 609564-EPP-1-2019-1-EL-EPPKA2-SBHE-JP – sonli grant kelishuviga asosan universitetimiz “MechaUZ: Oʻzbekistonda Mexatronika va robototexnika bakalavriat taʼlim yoʻnalishini innovatsion gʻoyalar va raqamli texnologiyalar asosida moderinizatsiya qilish” (MechaUZ: Modernization of Mechatronics and Robotics for Bachelor degree in Uzbekistan through Innovative Ideas and Digital Technology) xalqaro loyihasining ijrochisi sifatida oʻz faoliyatini boshladi.

Loyiha 2020-2022-yillarga moʻljallangan boʻlib, unda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarining mavjud “Mexatronika va robototexnika” bakalavriat taʼlim yoʻnalishida kadrlar tayyorlash holatini oʻrganish, zamonaviy talab va takliflar asosida yangi taʼlim yoʻnalishini ochish, mavjud taʼlim yoʻnalishlarini moderinizatsiya qilish, oʻquv laboratoriyalarni zamonaviy moddiy-texnik vositalar bilan jihozlash nazarda tutilgan.

Yevropalik hamkorlar bilan birgalikda loyiha doirasida olib boriladigan ishlarni tashkillashtirish, amalga oshirish, muvofiqlashtirish va ularning monitoringini yuritish yuzasidan universitet rektorinig 2019-yil 3-oktyabrdagi 1615-sonli buyrugʻi bilan loyihaning asosiy ishtirokchilari tarkibi tasdiqlangan.

Ushbu xalqaro loyihani amalga oshirish 2020-yilda boshlanib, loyiha hamkorlarining ilk uchrashuvi (Kick-off Meeting) 2020-yil 10-14-fevral kunlari Gretsiyaning Saloniki shahridagi Sheffild universitetining Xalqaro fakultetida (University of Sheffield) tashkil etildi. Ushbu uchrashuvda yevropa davlatlarining 6 ta oliy taʼlim muassasasidan va Oʻzbekiston Respublikasining 6 ta oliy taʼlim muassasasidan hamda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligidan vakillar ishtirok etishdi.

Loyiha doirasidagi hamkor taʼlim muassasalari:

— Xalqaro Xellenik universiteti, Gretsiya;

— Janubiy-Sharqiy Yevropa tadqiqot markazi, Gretsiya;

— Vilnyus Gediminas texnika universiteti, Litva;

— Liyepaya universiteti, Latviya;

— Vidzeme amaliy fanlar universiteti, Latviya;

— Viana-du-Kashtelu politexnika instituti, Portugaliya;

— Andijon mashinasozlik instituti, Oʻzbekiston;

— Toshkentdagi Turin politexnika universiteti, Oʻzbekiston;

— Fargʻona politexnika instituti, Oʻzbekiston;

— Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti, Oʻzbekiston;

— Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti, Oʻzbekiston;

— Toshkent davlat texnika universiteti, Oʻzbekiston;

— Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston.

Uchrashuvda bir qancha masalalar muhokama etildi, jumladan “Loyihani tayyorlash va qator rivojlangan mamlakatlarning mexatronika va robototexnika taʼlim yoʻnalishidagi oʻquv dasturlarini tahlil qilish”, “Yangi bakalavr taʼlim yoʻnalishi dasturini ishlab chiqish”, “Oʻzbekistonlik oʻqituvchilar, xodimlar va muhandislar uchun yangi oʻquv kurslarini yaratish va treninglarni tashkil etish” va boshqa shu kabi masalalar muhokama etildi.

Tashrif davomida loyiha ishtirokchilar uchun Gretsiyaning Saloniki shahrida joylashgan Aristotel maydoniga, Aleksandr Makedonskiy maydoniga hamda Xalqaro Xellenik Universitetiga (International Hellenic University) va uning ilmiy laboratoriyalari va Masofaviy oʻqitish markaziga ekskursiya tashkil etildi.

Uchrashuv yakunida bir qancha vazifalar va uning ijrosi boʻyicha navbatdagi uchrashuvlar vaqti belgilab olindi. Loyiha davomida 2020-yil hisobidan yana ikkita uchrashuv oʻtkaziladi. Ulardan dastlabkisi 2020-yil 30-mart kuni skayp video muloqot tizimi orqali onlayn koʻrinishda hamda ikkinchi uchrashuv 2020-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahrida oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq