Green Aral Sea – Orol dengizi tubini ko’kalamzorlashtirish kraudfanding tashabbusi
13.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Joriy yilning 11-mart kuni BMT Taraqqiyot Dasuturining (BMTTD) O’zbekistondagi vakolatxonasi qoshidagi Akselerator laboratoriya tomonidan Green Aral Sea – Orol dengizi tubini ko’kalamzorlashtirishga qaratilgan kraudfanding tashabbusiga start berildi. Ushbu tashabbus Orol dengizining qurigan tubidagi 100 gektar maydonga 100 000 dona saksovul ko’chatlarini ekish va shu bilan Orol fojeasining oqibatlarini bartaraf etishga, hududda yashovchi aholi turmush darajasini yaxshilashga hissa qo’shishni maqsad qilgan.

Orol dengizi o’z vaqtida kattaligi bo’yicha dunyoda to’rtinchi ko’l bo’lgan. Dengiz farovon yashash sharoitlarini ta’minlab jo’shqin ekotizimlar makoni hisoblangan. Ammo oxirgi o’n yilliklarda dengiz o’z hajmining 90%ini yo’qotib Orolqum dengiziga aylanib qoldi. Falokat mahalliy aholining sog’ligi, iqtisodiy holati va hududdagi bioxilmahillikka fojeaviy ta’sir ko’rsatdi.

“Afsuski, biz dengizga suvni qaytarib fojeani orqaga qaytara olmaymiz. Lekin biz qilishimiz mumkin bo’lgan ish, bu – odamlarda kelajak uchun umid yaratishdir. Biz butun dunyo bo’ylab ushbu fojea haqida xabardorlikni oshirgan holda global hamjamiyat yordami bilan zaharli qumlar makoni bo’lgan cho’lni saksovul daraxtlarining yashil o’rmoni bilan qoplashimiz mumkin,” – deb izoh berdi Akselerator laboratoriya mutaxassisi Farida Ahmatiy.

Tashabbus ikkita o’zaro bog’liq maqsadlarga ega: 1) Orol dengizi fojeasi va uning oqibatlarni bartaraf etish yo’lida O’zbekiston hukumati va xalqaro hamjamiyat tomonidan qilinayotgan ishlar to’g’risida global va milliy miqiyosda xabardorlikni oshirish; 2) Orolbo’yi hududidagi keng miqiyosdagi o’zgarishlarga strategik hissa qo’sha olish potentsialiga ega muqobil moliyalashtirish instrumentlarini sinab ko’rish.

Qurigan dengiz tubida yashil o’rmon qoplamasi hududini kengayishi kabi to’g’ridan-to’g’ri afzalliklardan tashqari, ko’kalamzorlashtirish ishlaridan qator bilvosita ijobiy natijalar, shu jumladan, bioxilmahillikning ortishi, turmush sharoitlarning yaxshilanishi va barqaror daromad olish uchun yangi manbalarning yaratilishi ham kutilmoqda.

Tashabbus Orolbo’yi hududining murakkab va o’zaro aloqador muammolariga mujassam yondashuvning bir qismi bo’lishi kutilmoqda. O’zbekiston hukumati Orolbo’yi hududini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasiga aylantirish kontseptsiyasida belgilangandek hududda keng miqiyosli innovatsion o’zgarishlarni olg’a surayotgan bir davrda, tashabbus BMT Taraqqiyot Dasturining O’zbekistondagi vakolatxonasining hududga keng miqiyosli o’zaro muvofiqlashtirilgan ko’mak berish dasturining bir qismi bo’ladi.

“Biz birgalikda harakat qilish uchun platforma va vositalarni taqdim etmoqdamiz. Biz sa’y-harakatlarni birlashtirib, barcha sheriklarning ijodiy va maqsadli yondashuvini kafolatlamay, shu bilan birga, har bir shaxsiy hissa ahamiyatiga alohida urg’u berib o’tmoqchimiz,” deb ma’lum qildi BMTTD Doimiy Vakili Matilda Dimovska.

GreenAralSea.org veb-sayti ushbu tashabbusi to’g’risida batafsil ma’lumot beradi, shuningdek, tashabbusni qo’llab-quvvatlash uchun o’zbek so’mi va AQSh dollarida moliyaviy ko’mak berish uchun imkoniyat yaratiadi. Taqdim qilingan ham bir AQSh dollari yoki 10 000 so’m bir saksovul ko’chatining ekilishi va uning keyinchalik nazorat qilinishi imkonini beradi.

Akselerator laboratoriyalar BMTTDning rivojlanish masalalarida yangicha ishlash yo’lidir. Dunyoning 78 mamlakatida 60 ta laboratoriya milliy va xalqaro hamkorlar bilan birgalikda hozirgi davr rivojlanish maqsadlarining murakkabligiga mos keluvchi yangi yondashuvlarni topish ustida ishlaydi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq