Xorazmlik ayol rahbarlarning xizmatlari beqiyosdir
12.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari vazirligining ishchi guruhi hududlardagi haqiqiy ahvolni o‘rganish, tizimdagi muammoli masalalarni joyida hal etish, xodimlar bilan muloqot o‘tkazish maqsadida an’anaviy tarzda viloyatlarga safar uyushtirmoqda. Vazirlik rahbariyati ayni vaqtda ham Xorazm viloyatida bo‘lib turibdi.

Avval xabar berganimizdek, dastlab viloyatning Yangibozor tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi. O‘quv markazi ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov ishtirok etdi.

Shundan so‘ng ishchi guruh a’zolari viloyatning Gurlan tumanidagi soha korxona va tashkilotlari faoliyati bilan tanishishdi. Yaqinda mazkur tumanda ham Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi foydalanishga topshirilgan edi. Hozir markaz o‘quvchi yoshlar bilan gavjum.

Oldingi tashrif davomida AKT vaziri Shuhrat Sodiqov tizimdagi korxonalarga ayol rahbarlarni ko‘proq jalb etish zarurligini tavsiya qilgandi. Hozirda viloyatning Gurlan telekommunikatsiyalar bog‘lamasiga Muqaddas Matmurodova va tuman pochta aloqasi bog‘lamasiga Nigora Hayitmetova, Urganch shahar pochta aloqasi bog‘lamasiga Nazokat Boymurotova rahbarlik qilib kelmoqda.

Tumanda 44 ta maktab bor. Shundan 34 tasiga optik tolali kabellar bilan ta’minlangan. Tumandagi 28 mingta xonadonni to‘liq raqamlashtirish rejalashtirilmoqda. Bu ishlarni amalga oshirishda rahbar ayollarning o‘rni beqiyosdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq