“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida shaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi
12.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda telefondagi firibgarlar tomondan fuqarolarni aldab, pulini o‘zlashtirish holatlari tez-tez kuzatilmoqda, firibgarlar odatda, bank “xafsizlik xizmatidanmiz”, “so‘rovnoma, lotoreya o‘tkazyapmiz”, “Internet orqali savdo qilamiz” deya odamlarni aldab katta miqdordagi pullarni o‘g‘irlab olmoqda.

Shu sababli ham SMS orqali, elektron pochta orqali kelgan kodlarning xavfsizligini ta’minlash, plastik kartochka pin-kodi, elektron pochta, elektron to‘lov tizimi ilovasidagi ma’lumotlar, plastik karta axborotlarini himoyalash, umuman shaxsga doir axborotlar bilan ishlashda o‘z shaxsiy ma’lumotlari xavfsizligini ta’minlashda xushyor bo‘lish talab etiladi. Shuningdek, telefonda begonalar bilan so‘zlashganda suhbatdoshning gaplarini diqqat bilan tinglash, uning nima istayotganini yaxshi tushunish, savollar ortida qanday maqsad yashiringanini taxmin qilib vaziyatdan kelib chiqqan holda unga yuqorida qayd etilgan ma’lumotlarni bermaslik zarur.

Shu kabi salbiy va noxush holatlarni oldini olish maqsadida aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida vakolatli nazorat organi hisoblangan “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi ham bu borada tushuntirish, profilaktika ishlari olib borishni rejalashtirgan. Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan 2020-yil 7-yanvarda hamkorlik kelishuvi imzolangan. Joriy yilning 11-mart kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida mazkur kelishuv doirasida ikki tomon vakillarining uchrashuvi o‘tkazildi. Uchrashuvda “O‘zkomnazorat” inspeksiyasi hamda Davlat personallashtirish markazi rahbariyati vakillari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdi.

Muhokamalar davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan shaxsga doir ma’lumotlarni shakllantirish, yig‘ish, qayta ishlash va uzatishda axborot xavfsizligini ta’minlash, ushbu yo‘nalishda normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, sub’ektlarda shaxsga doir ma’lumotlarni xavfsizlik ta’minlanganlik holatini tekshirish va o‘rganish hamda amalga oshirilayotgan ishlarni OAV orqali yoritib borish bo‘yicha hamkorlik masalalari haqida fikr almashdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq