O‘quvchilarni mantiqiy fikrlashishini oshirishga doir test topshiriqlarini tuzishda kompyuter amaliy dasturlaridan foydalanish ahamiyati
12.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Har bir mamlakatning iqtisodiy qudrati, ijtimoiy-ma’naviy hayot darajasining yuksalishi ta’lim tizimining raqobatbardoshligi, ilm-fan taraqqiyoti bilan belgilanadi. Shu bois, O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida ta’lim sohasini tubdan takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish, intellektual salohiyatli, jismoniy barkamol avlodni shakllantirish, aniq fanlarni chuqurlashtirib o‘qitish va iqtisodiyotning turli sohalari uchun malakali kadrlarni tayyorlash ustuvor vazifalar sifatida belgilangan bo‘lib, pirovardida bugungi davr talabiga javob bera oladigan ta’lim tizimni yaratish ko‘zda tutildi. Sohadagi islohotlar natijasida  ta’lim tizimida boshqaruv mexanizmi tubdan takomillashtirildi, nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimi isloh qilindi, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim tizimi qayta ko‘rib chiqildi, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish choralari kuchaytirildi, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limning ikki pog‘onali tizimi joriy etildi.

Darhaqiqat, o‘tgan qisqa vaqt mobaynida  barcha tizimda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar, farmon va qarorlarda belgilangan vazifalarning ijrosi ta’minlash Davlatimiz rahbarining doimiy e’tiborida bo‘layotganligini guvohi bo‘lmoqdamiz. Jumladan, ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish sharoitlarini yaratish, ta’lim sifatini oshirish, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish, ta’lim muassasalariga pedagog kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish mexanizmini takomillashtirishdan iborat dolzarb vazifalar qo‘yildi, ayniqsa, ta’lim sohasiga oid milliy qonunchiligimizning yanada takomillashuviga va tizim oldiga qo‘yilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash alohida etibor qaratilmoqda.

Bugungi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida fanni chuqur o‘rganish va zamon talablari asosida baholashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha jahon tajribalari o‘rganilmoqda. Jumladan, aniq fanlar blok-modulida o‘quvchilar mantiqiy fikrlashini va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan, talablarga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar hamda mustaqil va ijodiy fikrlashga undovchi amaliy topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan xalqaro baholash dasturilari (PISA, TIMSS), O‘zbekiston ta’lim tizimida 2021-yilda 3 ta (o‘qish savodxonligi, matematik savodxonlik, tabiiy-ilmiy savodxonlik) yo‘nalish bo‘yicha ishtiroki etishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirda, o‘quvchilarning fanlarni chuqur o‘zlashtirishi, qiziqishlari rivojlantirish, o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliyotda qo‘llash, kasbga yo‘naltirishni amalga oshirish, qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash ko‘nikmalarni shakllantirish, internet tizimi yordamida axborot izlash, olish va qayta ishlashni o‘rgatish bilan birga ularni nazorat etishning yangi mexanizmlarini amaliyotga tadbiq etish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Oʻzbekiston taʻlim sohasida islohotlarning yangi bosqichi hisoblangan PISA dasturida ishtirokiga tayyorgarlik bosqichi ustozlardan oʻz ishlariga yangicha yondashishni talab etadi. Bu tizim mamlakatimizda yangi, bu borada ishlar endi boshlanganini nazarda tutsak, birinchi navbatda, oʻqituvchilarni bu tizim bilan tanishtirish, tizim talabi va imkoniyatlarini ularga tushintirish kerak boʻladi.

Quyida nazorat ishlari olish bo‘yicha test hamda PISA testlarini tuzish va ular bilan ishlash boʻyicha koʻnikma hosil qilish maqsadida iSpring QuizMaker dasturi yordamida sinov materiallari tayyorlash imkoniyati haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Tizim talablari

iSpring QuizMaker uchun tizim talablari:

  • Tezkor xotira: 512 Mb yoki undan katta
  • Qattiq diskdagi bo‘sh joy: 100 Mb yoki undan kata
  • Operatsion tizim: Microsoft® Windows® 2000/XP/2003/Vista/7™
  • Adobe® Flash® Player ActiveX 9 or higher

Adobe® Flash® Player ActiveX o‘rnatish uchun:

  1. Quyidai elektron silkani http://www.adobe.com/go/getflash Internet Explorer brauzerida oching.

Eslatma: Iltimos faqat Internet Explorer brauzeri orqali oching, boshqa brauzerlar uchun boshqa tipdagi ActiveX plagini o‘rnatilishi mumkin.

  1. Adobe saytidagi ko‘rsatmalarga rioya qilgan xolda o‘rnatamiz.

iSpring QuizMaker 6.0 dagi yangiliklar

  • Anketa — tipidagi yangi test turi. Anketa turidagi savollar to‘g‘ri javoblarga ega va ular foydalanuvchidan ma’lumot olishga xizmat qiladi.
  • Barcha testlarga qo‘shimcha ma’lumot slaydlari qo‘shimcha tushuntirishlar beruvchi savolsiz slaydlar qo‘shish mumkin.
  • Yangi tipda savol: 10 anketali savol va baxolanuvchi «Aktiv maydon» li savol.
  • Savollarga formulalar qo‘shish. Bu imkoniyatdan foydalanish uchun Microsoft Equation Editor (Microsoft Office tarkibiga kiruvchi) aktivlashtirilgan bo‘lishi kerak.
  • Rasm va formulalar javoblar variantlariga ham qo‘yilishi mumkin.
  • Har bir savol uchun to‘g‘ri/noto‘g‘ri ma’lumotini aloxida sozlash mumkin.
  • Shoxlanish funksiyasni qo‘shish imkoniyati. Testdan o‘tish yo‘lini to‘g‘ri javoblarga qarab sozlash imkoniyati.
  • Test natijalarini ko‘rsatishni topshirilgan testlarni muaffaqiyatli yoki muaffaqiyatsiz bajarilishiga qarab sozlash imkoniyati.
  • Testni Word eksport qilish imkoniyati.
  • Natijalarni chop qilish imkoniyati.
  • iSpring QuizMaker ning yangi interfeysi.
  • Savollar matni va eslatmalar uchun matn shriftini o‘lchami, stili va ranglarini o‘zgartirish, matnlarni tekkislash, markerli ro‘yxatlar va abzaslarni sozlash imkoniyati.
  • Savollarga tushunchalar kiritish uchun yangi tipdagi media kontentlar– flash fayllar.
  • Bir javobli va ko‘pjavobli savollarda xar bir javob uchun olingan ballarni ko‘rsatish imkoniyati.
  • Testlarning zaxira nusxasini avtomatik yaratish imkoniyati.
  • Testlarni natijalarini xisobotlarini shablonini sozlash imkoniyati.
  • Masofadan o‘qitish tizimlariga nashr qilishda testdan o‘tish darajasini ko‘rsatishni tanlash.
  • Testdan o‘tishda urinishlar sonini 1 dan 10 gacha chegaralash imkoniyati.

iSpring QuizMaker asosiy oynasi quyidagi qisimlardan iborat:

  1. iSpring QuizMaker lentasi
  2. Savollar ro‘yxati
  3. Savollarni taxrirlash paneli
  4. Mediya resurslarni boshqarish paneli

Test yaratish

iSpring QuizMaker dasturini ishga tushirgach siz ekranda «Начало работы» oynasini ko‘rasiz. Unda yangi test yoki anketa yaratish, yaqinda yaratilgan testni ochish mumkin.

Bundan tashqari, yangi testni asosiy menyu yordamida ham yaratish mumkin:

  1. Asosiy oynaning chap yuqori qismida jaylashgan QuizMaker logotipiga cherting.
  2. Xosil bo‘lgan menyudan Создать новый тест ni tanlang.
  3. Test tipini tanlang: Baxolanuvchi yoki anketa (Оцениваемый тест yoki Анкета).

Savollarni boshqarish

iSpring QuizMaker markerda tarkibiga 23 tipdagi savollar kiradi bundan: 11 baxolanuvchi savollar, 12 anketali savol va bitta qo‘shimcha tipli «Информационный слайд» savollari mavjud.

Savollar tipi

iSpring QuizMaker 2 tipdagi savollarni o‘z ichiga oladi:

Baholanuvchi tipidagi savollar

Baxolanuvchi tipidagi savollarni to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblari bor. Bunday tipdagi savol ushun to‘g‘ri yoki qisman to‘g‘ri javobga ball beriladi. Bu savollar bilimlarni tekshirish uchun ishlatiladi.

  1. Bitta javobli test: Bu test turida javob variantlarini keraklicha “Dobavit” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Udalit” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
  2. Ko‘p javobli test: Bunda savolga tegishli bir yoki bir necha javob variantini belgilash mumkin. Bu test turida ham javob variantlarini keraklicha “Dobavit” tugmasi yordamida ko‘paytirish mumkin. Savolga tasvir, ovozli fayl va video fayl qo‘shish, javob variantlariga tasvirli fayllarni ilova qilish mumkin. “Udalit” tugmasi yordamida javob variantlarini o‘chirish mumkin.
  3. “To‘g‘ri-noto‘g‘ri” ko‘rinishdagi test: Bu savol turida javob faqat “to‘g‘ri” yoki “notog‘ri” bo‘lishi mumkin, ya’ni boshqa javob variantlarini qo‘shib bo‘lmaydi.
  4. Yopiq test: Bu test turida javob variantini test topshiruvchi klaviaturadan kiritadi. Ammo tuzuvchi barcha kiritilishi mumkin bo‘lgan javob variantlarini avvaldan kiritib qo‘yishi kerak. Javob variantiga tasvir qo‘shish mumkin emas.
  5. O‘zaro moslik o‘rnatish: Juda qiziq test turi hisoblanib, bir savolning o‘zida bir necha savollar banki yig‘ilgan bo‘ladi.
  6. Javoblarni tartiblash: Tartibsiz holda berilgan javoblarni to‘g‘ri tartibda yozish kerak bo‘lgan holda ushbu test turidan foydalaniladi.
  7. Sonni kiriting: Sonli ko‘rinishdagi javob berilishi kerak bo‘lgan savollar uchun ushbu test turidan foydalaniladi. Bunda javobda ma’lum sondan katta, kichik, katta yoki teng, kichik yoki teng, teng emas kabi variantlardan foydalanish mumkin.
  8. Bosh joylarni to‘ldiring: Bunda savol tarkibidagi bo‘sh joylarga kerakli javoblarni klaviatura yordamida kiritiladi. YA’ni to‘gri javobni ko‘rsatilgan joyga yozish talab etiladi. Bunda test tuzuvchi tomonidan bo‘sh joylar bitta yoki bir necha joylashtirish mumkin.
  9. Javoblari keltirilgan savol: savolning bo‘sh qismlarida javoblar variantlari keltirilgan bo‘ladi, ushbu javob variantlardan to‘g‘risini belgilash mumkin.
  10. So‘zlar banki: Bu savol turida so‘zlarni kerakli joyga joylashtirish talab etiladi. Bo‘sh joylar va ushbu joylar soniga teng so‘zlar banki keltirilgan bo‘ladi.
  11. Faol hududni aniqlovchi savol: Bu savol turida rasm beriladi va ushbu rasmning kerakli qismi javob sifatida belgilanadi. Javob berish jarayonida sichqoncha yordamida kerakli qism tanlanadi.

Tuzilgan savollar aynan bir turda emas o‘quvchilarda mantiqiy fikrlashni talab etadigan testlar tuzish imkoniyatini yaratadi. Albatta ushbu turdagi testlarni tuzishda o‘qituvchi o‘z ustida ishlashi,  xalqaro baholash tadqiqotlarini o‘rganishi va ushbu dasturdan foydalangan holda nazorat ishlarini tuzish talab etiladi.  Xulosa o‘rnida shuni takidlash joizki, testlarni turli xil ko‘rinishda tuzish va natijalarni baholash tizimi ham(foiz, ball, baho) qulayligi bilan iSpring QuizMaker dasturini umumta’lim maktablariga joriy etilishi o‘quvchi hamda o‘qituvchi uchun qulayliklar yaratadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nishonov A.Х. va boshqalar. Ta’limda erkin va ochiq kodli dasturiy ta’minotlar, Axborot texnologiyalari va telekommunikasiya muammolari, respublika ilmiy-texnik konferensiyasi, Toshkent 2012 y.121-123 b.
  2. R.Ishmuhamedov., M.YUldashev. Ta’lim va tarbiyada innovasion pedagogik texnologiyalar.-T.: “Nihol nashryoti, 2013 yil 278 bet.
  3. S.Tursunov va boshqalar. Pedagogning shaxsiy va kasbiy maydonini loyihalash moduli bo‘yich ma’ruza matn. Toshkent, 2018 yil. B. 100., 77-82 b.
  4. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 6-son, 70-modda, 20-son, 354-modda.

Elektron ta’lim resurslari

  1. www.uzedu.uz – O‘zbekiston Respublika Xalq ta’lim vazirligi rasmiy sayti.

2. www.ziyonet.uz — ZiyoNet axborot ta’lim portali.

  1. lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi

Maqola mualliflari:

B.Xurramov, Surxondaryo viloyati XTXQT va UMOHM “Aniq va tabiiy fanlar metodikasi”

kafedrasi katta o‘qituvchisi,

Z.Shukurova, Surxondaryo viloyati Termiz shahri  8-umumiy o‘rta  ta’lim maktabi  fizika fani o‘qituvchisi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq