Kiberxavfsizlik. Ucell. Inha universiteti
11.03.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) Kompaniyasi Toshkent shahridagi Inha universitetida kiber-xavfsizlik bo’yicha mini-sessiya tashkil etdi.

Sayyoramizda hayot raqamli formatga deyarli o’tib bo′ldi: elektron hujjatlar, chiptalar, hamyonlar, onlayn fotosuratlar bazasi. Bularning barchasi ishimozni yaxshilaydi, vazifalarni soddalashtiradi, vaqtimizni esa tejaydi. Shu bilan birga, kiberfazo yangi jinoyat maydonga aylandi. Zamonaviy texnologiyalar va dasturiy ta’minot tizimlari yordamida uyali aloqa abonentlariga ham hujum qilish mumkin. Ularning maqsadi maxfiy ma’lumotlarni o’g’irlash, mobil qurilmani o’chirish va abonent hisobidan pul olish bo’lishi mumkin.

Ucell uyali aloqa operatori ushbu sohada katta tajribaga ega va barcha tuzilmalarda xavfsizlikni qat’iy nazorat qiladi. Oktabr oyida Toshkent axborot texnologiyalari universitetida kiberxavfsizlik bo’yicha mini-sessiya bo’lib o’tgan edi. Bu safar manzil Toshkent shahridagi Inha universiteti.

Tarmoq va axborot texnologiyalari xavfsizligi bo’limi boshlig’i Andrey Shishkin axborot xurujlari turlari va ularning oldini olish usullari haqida ma̕lumot berdi. O’z ishining professionali bo’lib, Andrey 20 yildan beri axborot texnologiyalari sohasida, ulardan 10 yili axborot xavfsizligi sohasida faoliyat olib kelmoqda. Tajriba chet elda va davlat tashkilotlarida mehnat va CISSP, CEH, MCSE, ISO 27001, Lead Implementer va boshqa ixtisoslashtirilgan sertifikatlar bilan tasdiqlangan.

Andrey Shishkin:

— Ucellda axborot xavfsizligi davlat va ichki standartlar va talablarga asoslangan bir qator tadbirlar orqali ta̕minlanadi. Abonentlarning shaxsiy ma′lumotlarini hurmat va himoya qilishni o’z burchimiz deb bilamiz. Xavfsizlik choralari xodimlar, axborot, IT-infratuzilmalar, ichki va tashqi tarmoqlar, shuningdek ofis binolari va jihozlarini xavfsizligini o’z ichiga oladi. Kundalik ishimizning bir qismi — sinov orqali nano-zaifliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq