AKT Vaziri yuksak mukofotlar bilan taqdirlanganlarni tabrikladi
07.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan mukofotlash to‘g‘risida”gi farmoniga asosan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimi, Toshkent axborot texnologiyalari kafedrasi professori Saida Beknazarova ham “Shuhrat” medali bilan taqdirlandi.
Prezidentimiz qaroriga binoan esa Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg‘ona filiali 1-bosqich magistranti Xomidova Nasiba Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vaziri Sh. Sodiqov Vazirlikda yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan xotin-qizlarimizni ushbu mukofotlar va nafosat bayrami bilan samimiy muborakbod etdi.

Ta’kidlanganidek, ayol oila va jamiyatning haqiqiy tayanchi. Oilada mehribon ona, vafoli yor bo‘lish bilan birga, xizmat faoliyatida ham ulkan marralarga erishayotgan, jonkuyar,fidoyi kasbdosh hamdir.

Yildan-yiilga xotin-qizlarimizning jamiyat va mamlakatimiz rivojiga qo‘shayotgan ulkan hissalari ortib bormoqda. Jumladan, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasida bugungi kunda 27 mingdan ortiq mutaxassis mehnat qilayotgan bo‘lsa, ularning 9 433 nafarini ayollar tashkil etishi, 363 nafar ayol rahbarlik lavozimida faoliyat yuritayotganini yurtimizda hotin-qizlarning har sohada o‘zlarini ko‘rsatishlari uchun yetarli sharoit yaratilganidan dalolatdir.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq