“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Rohde&Schwarz kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
06.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 5-mart kuni “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasida Rohde&Schwarz Rohde&Schwarz kompaniyasining O‘zbekistondagi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda “O‘zkomnazorat” DI boshliq o‘rinbosari A. Matkarimov inspeksiyaning yangi takliflar va qarorlar qabul qilish borasida hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, Rohde&Schwarz kompaniyasining O‘zbekistonda bir necha yillardan buyon faoliyat yuritib kelayotganini qayd etib, nazorat-o‘lchov kompeksi borasida eng yetakchi tashkilotlardan biri ekani ta’kidlandi.

Rohde&Schwarz vakillari A. Beresnev va P. Solodnikov o‘lchov kompleksi dasturiy ta’minotining qanday ishlashini tushuntirib, Toshkent va Samarqand shaharlari, Toshkent – Samarqand trassasida o‘tkazilgan drayv-test natijalari bilan tanishtirdi. Tadqiqotlarda mobil aloqa foydalanuvchilariga Internet operatorlar tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati tahlil qilingan. Shu bilan birga mobil operatorlarga paket ma’lumotlar uzatish yo‘nalishidagi xizmatlarni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Rohde&Schwarz vakillari ovozli trafik bo‘yicha ham hisobot tayyorlanayotgani va kompaniyada ish hajmining oshgani tufayli, hisobotning tahlillardan keyin qo‘shimcha tarzda taqdim qilinishini ma’lum qildi.

Taqdimotdan keyin tomonlar texnika vositalari, hisobotlar bo‘yicha qo‘shimcha axborotlar hamda O‘zbekiston Respublikasida mobil aloqaga oid amaldagi standartlar yuzasidan fikr almashdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq