VEON Toshkent bilan raqamli davlat xizmatlarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilish niyatida
05.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Jahongir Ortiqxo‘jayev VEON telekommunikatsiya xoldingi direktorlar kengashi hamraisi Kaan Terzioglu boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Uchrashuvda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish, davlat xizmatlari va boshqa yo‘nalishlarga zamonaviy axborot-kommuniktsiya texnologiyalari yutuqlarini keng joriy etish masalasi muhokama etildi.

Toshkent shahar hokimi mehmonlarga poytaxtning bugungi rivojlanish tempi, shahrimiz infratuzilmasini yangilash yo‘nalishida qilinayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. Bu jarayonda ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash ahamiyatli ekanligi haqida gapirib, ularni tatbiq etishda albatta shu yo‘nalishda ilg‘or davlatlar va kompaniyalar bilan ish olib borilishini aytib o‘tdi.

Kaan Terzioglu VEON xoldingida davlat xizmatlari, xavfsiz shahar, trafikni boshqarish kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha eng yaxshi, samarali va sinalgan resurslar hamda uskunalar borligini ma’lum qilib, Toshkentning talab va ehtiyojiga ko‘ra, ularni olib kelish va joriy qilishda hamkorlikda ishlash taklifini bildirdi. Shuningdek, poytaxtimizda raqamli kabel infratuzilmasini rivojlantirish uchun investitsiya kiritish rejasini aytib o‘tdi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq