TATUda “Zulfiyaxonim izdoshlari” tadbiri o‘tkazildi
05.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Kuni kecha Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Zulfiyaxonim tavalludining 105 yilligiga bag‘ishlab, “Zulfiyaxonim izdoshlari” tadbiri bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbir universitet Xotin-qizlari qo‘mitasi tashabbusi bilan tashkil etildi. Barchamizga ma’lumki, o‘lkamizga bahor faslining kirib kelishini atoqli shoiramizning tavallud ayyomi bilan qarshi olamiz. Boshlovchilarning ko‘tarinki ruhda chiqishlari barchaga bahoriy kayfiyat ulashdi. Tadbirni universitetimizning Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori X.Umarov ochib berdi.

Tadbirda Zulfiyaxonim shogirdi, adabiyotshunos, yozuvchilar uyushmasi a’zosi Minavvara Ulug‘ova so‘zga chiqdi. Zulfiyaxonim hayoti va ijodi, yozgan asarlari bilan yoshlarga ma’naviy ozuqa hamda ko‘plab ma’lumotlar berib o‘tdi. Shundan so‘ng, tadbirning badiiy qismi boshlandi.

Tadbirda 1999-yil 10-iyunda Zulfiyaxonim mukofoti ta’sis etilganligi, shijoatkor, fidoiy va iqtidor sohibalarini taqdirlash maqsadida 7 ta yo‘nalish bo‘yicha qizlarimizning chiqishlari namoyish etildi. Tadbirga o‘zgacha zavq bag‘ishlash maqsadida jajji Zulfiyaxonim izdoshlari mahorat bilan raqs ijro etishdi. She’riyatga oshifta qalb egalari, mualliflik kitoblari chop etilgan qizlarimiz ham tadbirning ko‘tarinki ruhda o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Tadbir raqs, qo‘shiq, she’r va sahna ko‘rinishini o‘z ichiga qamrab oldi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad yoshlarimizning ma’naviy ongini oshirish, Zulfiyaxonim hayoti bilan tanishtirish va yoshlarda kitobga bo‘lgan mehrni oshirishga, kitob bilan do‘st bo‘lishga undashdn iborat.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq