“Rahbar va yoshlar”: tashabbuslar, takliflar. Muloqotning yangi formati
05.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkiloti va rahbariyat tomonidan “Rahbar va yoshlar” mavzusida turkum suhbatlar o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi.

4-mart kuni ham davlat inspeksiyasi boshlig‘i A. Xodjayev hamda Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari, Xalqaro hamkorlik va loyihalar kompleksi rahbari F. Omonov ishtirokida “O‘zkomnazorat” DI yoshlari bilan videokonferens aloqa tarzida muloqot o‘tkazdi.

Suhbat davomida bugungi kunda yoshlardan har bir jabhada faolllik talab qilinayotgani, ayniqsa axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari soniya sayin rivojlanib borayotgan bugungi kunda soha yoshlarida tashabbuskorlik kuchli bo‘lishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

“Bugungi kunda AKTsiz hayotni tasavvur etib bo‘lmaydi. Inspeksiyamiz yoshlari jamiyatning o‘ziga xos qatlami hisoblanib, siz bilgan ma’lumotlarni hamma ham bilavermaydi. Shu sababli ijtimoiy tarmoqlar va messenjerlarda tarqalayotgan turli firibgarliklar, reklamalarga aldanib qolayotgan aholining AKT bo‘yicha bilimlarini oshirishda sizlardan faollik talab qilinadi. Davramizda bo‘lajak rahbarlar o‘tirgan bo‘lsa ajablanmayman, shu sababli sizlardan aholining muammolarini hal etish va ularning bu boradagi huquqiy hamda soha bo‘yicha savodxonligini oshirish yuzasidan tashabbuslar kutaman. Videoblog yuritishga barcha sharoitlar bor, o‘z kuchingiz bilan ijtimoiy loyihalarni rivojlantira olasiz, men bunga ishonaman”, — deya ta’kidladi “O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i A. Xodjayev.

Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengash raisi o‘rinbosari F. Omonov ham bu borada inspeksiya tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga, o‘zaro hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq