Toshkent shahridagi Inha Universitetida birinchi Co-Learning Center ochildi
04.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

«Project Managers» kompaniyasi UzCard milliy to’lov tizimi hamkorligida Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalarini bepul o’qitish maqsadida, O’zbekistonda birinchi Co-Learning Center o’quv markazi tashkil etildi. Kelgusida bunday o’quv markazlar boshqa universitetlarda ham ochilishi kutilmoqda, ayni kunlarda TATUda markaz ochilishi bo’yicha ishlar olib borilmoqda.

Markaz iqtidorli talabalarni quyidagi yo’nalishlar bo’yicha o’qitishga yo’naltirilgan: Web developing, Mobile developing, 3D modelling, Game developing, 2D design, Digital Marketing, Сyber Security. O’quv «Digital Generation Uzbekistan» metodikasi asosida o’tkaziladi, shuningdek, mahorat darslarini o’tkazish uchun mahalliy va xorijiy FullStack mutaxassislarini jalb etish rejalashtirilgan.

«Toshkent shahridagi Inha Universiteti bunday ta’lim loyihasini birinchi bo’lib amalga oshirganidan mamnunmiz. Markaz tomonidan tashkil etilgan kurslarda talabalar o’z bilimlarini rivojlantirishlari va amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlari mumkin. Shuningdek, ushbu loyiha talabalar va yosh malakali kadrlarni izlayotgan kompayiyalarni bir biriga bog’lab turuvchi vakil vazifasini bajaradi», — dedi Toshkentdagi Inha Universiteti rahbari Muzaffar Djalalov.

Loyiha o’z oldiga qo’ygan ulkan maqsadlarga ko’ra — bir yil ichida 400 ga yaqin Junior dasturchi, 100 ga yaqin Middle va 10 ga yaqin Senior dasturchilarni tayorlash maqsadida.

Co-Learning Center o’quv markazida faqatgina Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari ta’lim ola oladilar. Kursga yozilish uchun ro’yxatdan o’tib so’ngda suhbatdan o’tiladi hamda shartli topshiriq bajariladi. Natijalar asosida talabalar markazga qabul qilinadi.

«2020-yil O’zbekistonda Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilindi. Prezidentimiz ta’kidlaganidek, bizga innovatsion rivojlanish va yangi shakldagi kadrlar kerak. Bizning loyihamiz aynan shunga qaratilgan. Biz yangi, ilg’or, yuqori malakali kadrlar tayyorlaymiz. Toshkent shahridagi Inha Universitetini tanlaganimiz tasodif emas, chunki universitet o’zini IT-kadrlar markazi sifatida shakllantirgan. Bizning vazifamiz, bolalarning mahoratini oshirish va ularga mahalliy kompaniyalarda ish taklif qilishdir», — dedi Alisher Tojiyev, Co-Learning Center rahbari.

Shuningdek, markaz viloyatlarda mini-kurslar, vebinarlar hamda video darsliklar tayyorlash rejalashtirmoqda. Barcha o’quv jarayoni mutlaqo bepul tarsda.

Co-Learning Center haqida aynan shu linklar orqali to’liq ma’lumotlar olishingiz mumkin: Instagram, FacebookTwitterYouTubeTelegram

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq