Raqamli rivojlanish muhim ahamiyatga ega!
04.03.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasida aytib o‘tilganidek, O‘zbekistonda AKT-sohasini istiqbolli rivojlantirishi respublikamiz uchun eng muhim va ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Prezidentimiz tomonidan ko‘tarilgan muhim vazifalar 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z aksini topgan.

Muhokamalar jarayonida xalqimiz va fuqarolik jamiyati institutlari faollik ko‘rsatishdi. Xususan, jamoatchilik muhokamasi doirasida uch mingdan ortiq takliflar kelib tushdi, ular asosida Davlat dasturi loyihasiga yuzga yaqin konseptual va tahririy o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Shuningdek, ko‘pchilik takliflar muhokama uchun e’lon qilingan Davlat dasturi loyihasidagi chora-tadbirlarni qo‘llab-quvvatlash va ularni amalga oshirish jarayonlarini takomillashtirishni nazarda tutadi.

Shuni aytib o‘tish joizki, raqamli rivojlantirish masalalari mazkur xujjatning asosiy g‘oyaviy negizlaridan bo‘lib, barcha yo‘nalish va sohalarini o‘z ichiga qamrab oldi. Keling har bittasini izchil ko‘rib chiqsak.

Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirish maqsadida 2020-yildan boshlab Oliy Majlis faoliyatida “Elektron parlament” tizimini — elektron portal hamda mobil ilovani joriy etilishi rejalashtirilgan. Mazkur tizimning joriy etilishi nafaqat parlament va deputat so‘rovlarini jamoaviy murojaatlar asosida Internet tarmog‘ida shakllantirishga, deputatlar o‘z saylovchilar bilan doimiy muloqotda bo‘lishlariga imkoniyatini yaratadi.

Hukumat organlari va aholi o‘rtasida samarali qayta muloqot tizimi o‘rnatilishi eng yorqin misollaridan biri 2018-yil aprel oyida ishga tushgan «Mening fikrim» Jamoaviy murojaatlar portali deb ko‘rsatish ham mumkin. Hozirgi kunda mazkur veb-portalga 3,3 mingdan ortiq murojaatnomalar kelib tushdi, 24 mingdan ortiq taklif va izohlar chop etildi, 449 mingdan ortiq ovoz berildi. Portalning faoliyatini yaxshilash maqsadida 2020-yil 1-iyulga qadar portala «Mening fikrim» veb-portalining mobil ilovasini ishga tushirishi nazarda tutilgan.

Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida yana bir muhim islohot amalga oshiriladi, ya’ni propiskaga qo‘yish bilan bog‘liq jarayonlar va ularni “yagona darcha” tamoyili asosida amalga oshirish mexanizmlari raqamlashtirilishini ta’minlash bo‘yicha ishlar olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2020-yil 1-aprelga qadar qonun hujjatlariga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlab berishi nazarda tutilgan.

Iqtisodiyotni rivojlantirish va investitsiyalarni faol jalb qilish sohasida ham keng qulamli islohotlar amalga oshiriladi.

Jumladan, 2020-yilda kamida 800 mingta keng polosali Internet portlari yaratilishi va 12 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari yotqizilishi ko‘zda tutilgan.

Savdo-sotiq va moliya sohalarida shaffofligini oshirish maqsadida “raqamli markirovka va onlayn kassa” loyihasini o‘z vaqtida va to‘liq bajarish, hamda “E-ombor” tovarlarni hisobga olishning elektron tizimini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

«UzTrans» yagona interaktiv axborot tizimi ham takomillashtiriladi. Xususan, yuk tashishni amalga oshirishning boshlanishi to‘g‘risida xabardor qilish va yuklarni xalqaro tashishni amalga oshiruvchi transport vositalarini “onlayn” ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini joriy etishi rejalashtirilgan.

Ijtimoiy rivojlanish sohasida, ayniqsa, ta’lim sohasida ham yirik ishlar amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Mazkur jarayonlarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir qator muhim loyihalarni amalga oshiradi.

Umumta’lim sohani takomillashtirish maqsadida 2020-yil 1-sentyabrdan boshlab alohida umumta’lim muassasalarida bolalarni maktab fanlariga elektron o‘qitish bo‘yicha, shu jumladan elektron sinf jurnali, o‘quvchilar kundaliklarini raqamlashtirish va elektron materiallar kutubxonasini (darsliklar, video darslar, virtual laboratoriyalar va boshqalar) o‘z ichiga olgan tajriba tariqasida axborot tizimlarini qog‘oz hujjatlarni bekor qilgan holda joriy etiladi.

O‘rta maxsus va oliy ta’lim sohasida Vazirlik tomonidan ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlarni jalb qilingan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va raqamli iqtisodiyot sohasidagi o‘quv dasturlari qayta ko‘rib chiqiladi. Bu holda ma’lumotlar haqidagi fan, ulkan ma’lumotlar, sun’iy intellekt kabi yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlashga ham alohida e’tibor qaratiladi.

2020/2021 o‘quv yilidan boshlab Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat pedagogika universitetida tajriba tariqasida bosqichma-bosqich masofaviy o‘qitish shakli joriy etiladi. 2020-yil 1-avgustga qadar tegishli oliy ta’lim muassasalarining o‘quv jarayoniga masofaviy o‘qitish platformasini joriy etish va o‘rnatilgan tartibda zarur bo‘lgan uskunalar bilan jihozlash vazifa qo‘yilgan.

“Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi loyihasini ishlab chiqish va amalga oshirishda Vazirlikka muhim vazifalar ham yuklatilgan.

Ya’ni “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish yo‘nalishida axborot texnologiyalari sohasida kadrlarni tayyorlash va ular malakasini oshirish, davlat xizmatlarini raqamlashtirish va axborot ekotizimini rivojlantirish.

Mahalliy IT-texnologiyalar bozori salohiyatini oshirish yo‘nalishida axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning yagona bazasi va ularga qo‘yiladigan asosiy funksional talablarning yagona reyestri shakllantirilib, davlat organlari va tashkilotlar ushbu mahsulotlardan foydalanishga o‘tadi. Salohiyati mavjud oliy ta’lim muassasalarida axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish sohasida laboratoriyalar, jumladan xalqaro tan olingan ilg‘or IT-kompaniyalarni jalb qilgan holda tashkil etiladi.

Davlat organlari faoliyatini takomillashtirish maqsadida ma’lumotlarni shakllantirish va qayta ishlashga standartlashtirilgan yondashuvi asosida davlat ma’lumotlarni boshqarish tizimi yaratiladi.

Mazkur dasturni amalga oshirishda AKT-sohasi uchun qadrlar tayyorlash va ularni rag‘batlantirish masalalari ham muhim o‘rin tutadi.

Jumladan, “Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari”da, “Ishga marhamat” monomarkazlarida va “Yoshlar texnopark”larida yoshlarga raqamli texnologiyalarni o‘rgatish bo‘yicha maxsus kurslari tashkil etiladi.

Xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan shaxslar qo‘llab-quvvatlash tizimi ishlab chiqiladi. Bunda, axborot texnologiyalari sohasida xalqaro sertifikat olish imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirgan shaxslarning xarajatlari davlat tomonidan qoplanadi va respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olish imkoniyatlari kengaytiriladi.

Mazkur Farmon, shubhasiz, O‘zbekiston keyingi yillaridagi rivojlanish kursini belgilab, o‘z ichiga davlatimiz uchun eng dolzarb va muxim masalalar qamrab topgan. Va mazkur ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishida raqamli texnologiyalarini barcha tarmoq va yo‘nalishlarida joriy etilish masalasi muhim o‘rin tutadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq