TATU va Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti oʻrtasida “Blokcheyn texnologiyasini tatbiq etish” boʻyicha loyihalar qilish kelishib olindi
29.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga joriy yilning 25-26-fevralida Yaponiyaning Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti professor-oʻqituvchilari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida TATU va Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti professor-oʻqituvchilari oʻrtasida Oʻzbekistonda axborot texnologiyalari sohasida inson resurslarining sanoatda rivojlantirish, Blokcheyn texnologiyasining tatbiq etish usullari va vositalari, axborot tizimlari arxitekturasi, IoT xavfsizligi masalalariga bagʻishlangan seminarlar tashkil etildi.
Shuningdek, TATU va Sanoat Texnologiyalari Yuqori instituti oʻrtasida “Blokcheyn texnologiyasini tatbiq etish” boʻyicha loyihalar qilish kelishib olindi.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq