Vazirlikning jozibador ayollari “Eng iqtidorli jamoa” nominatsiyasini qo‘lga kiritdi
28.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Yurtimizda xotin-qizlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda sportning ayollarga xos nozik va nafis turlarini rivojlantirish, sport bilan shug‘ullanishni aholining kundalik hayot tarziga aylantirish va shu orqali ayollar salomatligini saqlash borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar bayrami munosabati bilan har yili davlat idoralarda faoliyat olib borayotgan ayollar o‘rtasida o‘tkazilishi an’ana tusini olayotgan “Sport – nafislik va salomatlik manbai” sport musobaqalari o‘ziga xos ayollar spartakiadasiga aylanib bormoqda. Ushbu sport musobaqasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Mazkur sport tadbirida 6 ta sport turi bo‘yicha — suzish, shaxmat, stol tennisi, badminton, yengil atletika va gimnastikada 24 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 12 nafar ishtirokchidan iborat.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi o‘z xodimlari o‘rtasida doimiy ravishda sog‘lom turmush tarzini ommaviylashtirishga va sportni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Mazkur yo‘nalishdagi ishlarning nechog‘li samaradorligini bugun bo‘lib o‘tgan sport musobaqalarida vazirlikning ayollar jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etib, “Eng iqtidorli jamoa” nominatsiyasida mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritganida ham ko‘rish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil 18-27 oktyabr kunlari Toshkentda vazirlik va idoralar, yirik davlat tashkilotlari markaziy apparati xodimlari o‘rtasida futbol (erkaklar) bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Kubogi”uchun o‘tkazilgan musobaqalarda vazirlik jamoasi 4-o‘rinni egallagan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq