Toshkent shahridagi Puchon Universiteti kunduzgi va kechki bo‘limlar uchun hujjatlarni qabul qilishni boshlaydi
27.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 2-mart kuni Toshkentdagi Puchon universitetida (BUT – Bucheon University in Tashkent) ta’lim olishni istagan abituriyentlardan hujjatlarni qabul qilish boshlanadi.

Fakultetlardagi o‘qitish tizimi, shartnoma qiymati

To‘lov talaba qabul qilinganligi to‘g‘risidagi buyruq chiqarilgan kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan shu kungi kursi bo‘yicha so‘mda amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta’lim  (3 + 1)

Yiliga 2,200$

1) Toshkentda 3 yillik o‘qish tugallangandan so‘ng BUT bakalavr diplomi va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree  bakalavr darajasi beriladi;

2) Talaba o‘z istagiga binoan Koreyada o‘qishini davom ettirishi va 4-kursni tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomini olishi mumkin.

Koreys tili va menedjmenti (2 + 2)

Yiligа 3,300$

1) Toshkentda 2 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 2 ta diplom beriladi: Associate Bachelor Degree  BUT va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree  bakalavr darajasi;

2.1) Agar talaba o‘qishni Toshkentdа davom ettirishga qaror qilsa, u holda uchinchi va to‘rtinchi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagandan so‘ng, BUT bakalavr diplomi beriladi;

2.2) Agar talaba Janubiy Koreyada o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, 3 va 4 kurslarni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomi beriladi.

Arxitektura (3 + 1)

Yiligа 3,300$

1) Toshkentda 3 yillik o‘qish. Uning natijasiga ko‘ra 2 ta diplom beriladi: Associate Bachelor Degree  BUT va Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) Associate Bachelor Degree  bakalavr darajasi;

2.1) Agar talaba to‘rtinchi kursni Toshkentda davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng BUT bakalavr diplomini oladi;

2.2) Agar talaba Janubiy Koreyadа o‘qishni davom ettirishga qaror qilsa, uni muvaffaqiyatli tugatgandan so‘ng, Puchon Universitetining (Koreya Respublikasi) bakalavr diplomiga ega bo‘ladi.

Qabul komissiyasi

Hujjatlarni qabul qilish 2020-yil 2-martdan 27 martgacha davom etadi.

Hujjatlarni oflayn tarzda quyidagi manzil bo‘yicha topshirish mumkin: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 17-mavze, Qatortol-2 ko‘ch., 38-A uy bino (sobiq Yunus Rajabiy nomidagi pedagogika kolleji, mo‘ljal: shahar bojxonasi, Singapur menedjmentni rivojlantirish universiteti). Qabul soatlari dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Onlayn ravishda topshirish uchun www.but.uz saytida arizani to‘ldirish va kerakli hujjatlarni skanerlangan ko‘rinishda PDF shaklida biriktirish kerak.

Arizalarni onlayn yuborish 24 soat davomida ishlaydi. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish dushanbadan jumagacha, soat 10:00 dan 17:00 gacha amalga oshiriladi.

Saytdagi onlayn ariza to‘ldirilgandan so‘ng, tizim avtomatik ravishda 250 ming so‘m miqdorida to‘lovni to‘lash uchun kvitansiyani aks ettiradi. Kvitansiyani chiqarish va eng yaqin bank filialida  to‘lash kerak. Bankda to‘lovni to‘lagandan so‘ng, to‘lov kvitansiyasini suratga olish va fotosuratni Telegram messenjerida @but_admission ga yuborish kerak. Shundan so‘ng, abituriyent ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida kvitansiyani oladi.

Nomzodlar quyidagi hujjatlar to‘plamini taqdim etishlari shart:

  1. Diplom (attestat) yoki o‘qish joyidan olingan ma’lumotnoma nusxasi;
  2. Pasport nusxasi;
  3. STIR nusxasi;
  4. www.but.uz saytida onlayn shaklda to‘ldirilgan ariza;
  5. 3×4 hajmdagi 4 ta fotosurat;
  6. 250 000 so‘m miqdordagi ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov.

Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha quyidagi raqam orqali murojaat qiling: +998781504002

Kirish imtihonlari

8-apreldan 10-aprelgacha Davlat test markazida test sinovlari bo‘lib o‘tadi:

  • “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” yo‘nalishlari bo‘yicha abituriyentlar ingliz tilidan test sinovlarini topshiradilar;
  • “Koreys tili va menedjment” yo‘nalishi bo‘yicha abiturientlar koreys tilidan test sinovlarini topshiradilar.

Yozma imtihondan (test) ozod qilinish shartlari:

  • “Maktabgacha ta’lim” va “Arxitektura” yo‘nalishlari bo‘yicha — 5.5 va undan yuqori IELTS yoki V1 va undan yuqori CEFR sertifikati mavjudligi;
  • “Koreys tili va menedjment” yo‘nalishi bo‘yicha — 3 va undan yuqori TOPIK sertifikati mavjudligi.

2020-yil 24-apreldan 25-aprelgacha Toshkentdagi Puchon Universiteti o‘qituvchilari abituriyentlar bilan suhbat o‘tkazadilar.

Saralash bosqichlari natijalari 2020-yil 1-may kuni Universitet saytining “E’lonlar” bo‘limida e’lon qilinadi.

O‘qish narxlari, kirish kvotalari, o‘qitish tizimlari va yozma imtihondan ozod bo‘lish shartlari to‘g‘risida batafsil ma’lumot www.but.uz saytida mavjud. Qabul komissiyasiga savollar bo‘yicha quyidagi raqam orqali murojaat qiling: + 99878 1504002

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq