Oʻzbekistonda birinchi marta Angry Birds oʻyini yaratuvchisi tomonidan trening oʻtkazildi
27.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 26-fevral kuni Toshkentdagi INHA universitetida Angry Birds oʻyinining asoschisi Piter Vesterbak tomonidan oʻtkazilgan trening boʻlib oʻtdi. Tadbir tashkilotchilari IT-Park va Top management kompaniyasi boʻldi.

Piter Vesterbak – Finlyandiyaning Rovio kompaniyasining marketing boʻyicha direktori, shuningdek mashhur Angry Birds oʻyinining yaratuvchilardan biridir. Oʻyin Apple Appstoreʼda chiqrilgan vaqtdan boshlab 10 oy davomida oʻyinning 12 milliondan ortiq nusxasi sotilgan. Bu vaqtga qadar Angry Birdsning boshqa platformalar – Android, Symbian va Windows uchun moʻljallangan versiyasi ham chiqarilgan. Bu oʻyin, keyinchalik oʻyin qurilmalariga va shaxsiy kompyuterlarga koʻchirildi.

Piter Vesterbak, shuningdek, Angry Birds biznesi va franchayzingini rivojlantirish, shuningdek marketing va brending ishlarini ham oʻz zimmasiga olgan. Rovioga kelishidan oldin ham u uzoq vaqtlar davomida IT sohasida ishlagan. U HP Mobile E-Services Bazaar asoschisi, shuningdek MobileMonday, Edunation, Fun Academy, Lightneer, HP Bazaar, FinEst Bay Area va Slush kompaniyasining hammuassisidir.

Janob Vesterbak TIME jurnalining “Sayyoramizning eng obroʻli 100 odami” reytingiga kirgan va 2015-yilda shu reytingning oʻntaligiga kirgan. Bundan tashqari, Vesterbak taʼlim sohasidagi ishonchli hamkor boʻlib, u talabalar harakatchanligini Finlyandiyadagi ishchi kuchining yetishmasligi muammosini hal qilish va Finlyandiyaning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshirishning asosiy omillaridan biri deb biladi. 2017-yilda u Finlyandiyada xalqaro talabalar sonini koʻpaytirishga yordam beradigan va xalqaro miqyosdagi va ishchilar harakatchanligiga toʻsiqinlik qiladigan toʻsiqlarni kamaytirishga yordam berish uchun Edunationʼni tashkil etdi.

Piterning nomi shuningdek yana bir qancha boshqa loyihalar bilan ham bogʻliq, masalan: Yevropaning Silikon vodiysi – FinEst Link (Xelsinki va Tallin oʻrtasidagi loyiha), MobileMonday, Brand Breaker va boshqalar.

с

U yuqori darajadagi hurmatga sazovor maslahatchi, ilhomlantiruvchi maʼruzachi hisoblanadi va shu bilan birga 2018-yilda janob Vesterbak Shanxayda Tunszi universitetida innovatsiyalar va tadbirkorlik professori boʻldi.

Tadbirda Piter Vesterbak Yevropadagi IT sohasi va mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirishdagi ish usullari mavzusida nutq soʻzadi, yoshlar bilan oʻz tajribasini oʻrtoqlashdi, IT sohasidagi dastlabki qadamlar va IT sohasi ochib berayotgan imkoniyatlar haqida gapirdi. Bundan tashqari, savol-javoblar sessiyasi ham tashkil etildi. Mazkur sessiya davomida tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar berish va ularni qiziqtirgan mavzularda suhbatlashish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Shuni ham taʼkidlash kerakki, IT-Park vakili – Abdulahad Qoʻchqorov trening ishtirokchilari oldida chiqish qilib, IT-Park faoliyati, funksiyalari va startaplari, rezidentlik, shuningdek ushbu tashkilot tomonidan taqdim etilayotgan imkoniyatlar va xizmatlar toʻgʻrisida gapirib berdi. Abdulahad Qoʻchqorov, shuningdek, IT-Parkdagi inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari haqida va albatta, qandaydir sabablarga koʻra IT-Parkda boʻlolmaydigan iqtidorli insonlar uchun tashkil etilgan onlayn-inkubator haqida ham soʻz yuritdi.

Mazkur tadbir Oʻzbekistondagi IT sohasi nimalarga intilishi kerakligi toʻgʻrisida odamlarda tasavvur uygʻotish, shuningdek, odamlarning IT sohasidagi bilimlari va dunyiqarashini kengaytirish maqsadida tashkil etildi.

Biroq, ushbu tadbirning asosiy maqsadi bu – IT sohasiga qiziquvchilar sonini koʻpaytirish va bu mavzu har qanday yoshdagi odamlar, ayniqsa yoshlar orasida yanada dolzarb boʻlishi uchun, shuningdek, mahalliy IT mutaxassislari Yevropadagi IT-sanoatining ish usullari bilan tanishishlari uchun IT mavzusiga eʼtiborni jalb qilishdir.

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq