My.gov.uz orqali davlat xizmatlaridan foydalanishda qonun buzilishini nazorat qiling
26.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

My.gov.uz – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali davlat xizmatlaridan foydalanuvchi fuqarolar, endilikda o‘zlari foydalanayotgan davlat xizmatlarini ko‘rsatish vaqtida davlat organlari tomonidan qonun buzilishi holatlarini nazorat qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Yagona portal orqali berilgan arizalarning ko‘rib chiqish muddati buzilganda, ariza asossiz ravishda rad etilganda yoki boshqa qonun buzilishi holatlariga yo‘l qo‘yilganda, fuqarolar mustaqil ravishda Davlat xizmatlari agentligiga xabar yuborishlari mumkin.

Buning uchun foydalanuvchilar Yagona portalda avtorizatsiyadan o‘tishlari, “Mening arizalarim” bo‘limiga kirib, davlat xizmatidan foydalanish uchun o‘zlari yuborgan va ko‘rib chiqish muddati yoki natijasidan norozi bo‘lgan arizalarini tanlashlari lozim. Ariza amallari xronologiyasining yuqori qismida maxsus “Qonun buzilishi to‘g‘risida xabar berish” tugmasini bosib, xizmatni ko‘rsatish reglamenti qoidalari buzilishi haqida Davlat xizmatlari Agentligining xodimlariga xabar beradilar.

Davlat xizmatlari agentligi har bir qonun buzilishi holatlarini bartaraf etib, tegishli ta’sir choralarini qo‘llashni va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi.

Ushbu imkoniyat Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi, Davlat xizmatlari agentligi va Yagona integrator “UZINFOCOM” tomonidan yo‘lga qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Kodeksning 2155-moddasiga asosan, davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasidagi qonun hujjatlarini buzish, mansabdor shaxslar va xizmatchilarga bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq