“Angry Birds” ixtirochisi Piter Vesterbak Muhammad al-Xorazmiy ixtisoslashtirilgan maktabiga tashrif buyurdi
26.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Prezident Shavkat Mirziyoev parlamentga yonaltirilgan Murojaatnomasida ta’kidlaganidek, bugungi davrda O’zbekistonni rivojlangan mamlakatga aylantirish maqsadida faqat jadal islohotlar, ilm-ma’rifat va innovatsiya bilan erishish mumkin. Va buning uchun, avvalambor, tashabbuskor islohotchi bo’lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarini tarbiyalash zarur.

Etuk va malakali kadrlarni tayorlashda eng ilg’or xorijiy tajribadan foydalanishda muhim or‘in egallaydi. Hukumat tashabbusi bilan bir qator yirik loyihalar amalga oshirilmoqda, xorijdan yurtimizga obro‘li va yuqori tajriba va malakaga ega mutahassislar jalb qilinmoqda.

Va bu borada 26-fevral kuni, Muhammad al-Xorazmiy axborot texnologiyalari maktabiga barchaga mashxur Angry Birds o’yini asoschisi Piter Vesterbak tashrif buyurgani yorqin misol bo‘la oladi.

Tashrif doirasida mashxur mutahassis maktabda yaratilgan barcha sharoitlar, to‘garaklar bilan to‘liq tanishib, o‘quvchilarimiz bilan qiziqarli suhbatga ega bo‘ldi. Suhbat davomida janob P.Vesterbak o‘z hayotiy va professional tajriba to‘g’risida so‘zlab berdi, yoshlarga foydali maslahat berdi. Oquvchilar esa, o‘z navbatida, ozlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va xalqaro mutaxassisdan kerakli motivatsiyaga ega bo‘ldilar!

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq