Ijodkori — talabalar, isteʼmolchisi — xalq
25.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 20-fevralda Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskanida «Yoshlar auditoriyasi» loyihasining taqdimoti boʻlib oʻtdi. Unda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining axborot texnologiyalari va yoshlar boʻyicha oʻrinbosari Yusuf Absoatov ishtirok etdi va loyiha boʻyicha yoshlar bilan doʻstona suhbat oʻtkazdi.

Talaba «Yoshlar auditoriyasi» loyihasi hayotda amaliy ahamiyati yuqori boʻlgan koʻnikmalar — birinchi tibbiy yordam, kiyinish madaniyati, ovqatlanish odobi, turli davlarda oʻzini tutish, suzish texnikasi kabi qator mavzularda animatsion yoki sahnalashtirilgan roliklarni tayyorlashni koʻzda tutadi.

Har bir masala boʻyicha roliklarni toʻplam holiga keltirish va taʼlim muassasalarini taʼminlash — loyihaning bosh maqsadi.

Loyihada ishtirok etish istagidagilar Talabalar media ijtimoiy va madaniyat maskani «Yoshlar auditoriyasi» xonasiga tashrif buyurib, bepul internet, kompyuter xizmatlari, fotokameralar, ovoz yozish studiyasi, tarjimonlar va boshqa mutaxassislar yordamidan bemalol foydalanishlari mumkin.

Loyiha turli yoʻnalishdagi talabalarni birga ishlashga jalb qiladi. Tarjima hamda shaxsiy ijodiy ishlar, dublyaj, montaj, animatsiya ustalari bir joyda jamlanadi.

Loyiha talablariga mos rolik mualliflari Bitiruv malakaviy ishi (Bakalavr diplom ishi) dan ozod qilinishi va boshqa usullarda ragʻbatlantirilishi koʻzda tutilgan.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq