Huawei yangi qadriyatlarni yaratishga tayyor bo‘lgan 5G mahsulotlarini va yechimlarini ishlab chiqarmoqda
24.02.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

Londonda Huawei mahsulotlari va yechimlarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi va unda Huawei direktorlar kengashi ijrochi direktori hamda Carrier BG prezidenti Rayan Din “5G yangi qadriyatlarni yaratmoqda” nomi ostidagi ma’ruzasi bilan chiqish qildi. Tadbir doirasida Huawei kompaniyasining 2020-yilda chiqariladigan yangi mahsulotlari va yechimlari taqdim etildi va “5G innovatsion hamkorlik dasturi” ishga tushirildi. Mazkur sa’y-harakatlar tobora rivoj olayotgan 5G ekotizimini yaratishga va beshinchi avlod texnologiyalarining tijorat muvaffaqiyatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Rayan Din “5G yangi qadriyatlarni yaratmoqda” nomi ostidagi ma’ruzasi

Rayan Din o‘z nutqida 5Gʼning rivojlanishi uni keng yoyish, ekotizim va tajriba nuqtai nazaridan, barcha kutilgan natijalarni ortda qoldirganini, tarmoqlar esa, 5G asosidagi biznesning rivojlanishi uchun asos hisoblanishini ta’kidladi. Bugungi kunga kelib, Huawei kompaniyasi 5G texnologiyasi sohasida 91 ta tijorat shartnomasini tuzdi va 600 000 dan ortiq faol Huawei Massive MIMO AAU 5G antenna tizimlarini yetkazib berdi. Dunyoning yetakchi 5G ta’minotchisi sifatida, Huawei kompaniyasi, eng yaxshi majmuaviy 5G yechimlarini ishlab chiqishga, barcha dasturlar uchun sohadagi eng yuqori ko‘rsatkichlarga ega 5G tayanch stansiyalarini yetkazib berish va sanoatning eng yuqori darajadagi integratsiyasiga ega bo‘lgan Blade AAUʼlarni yetkazib berishga intilmoqda. Blade AAU 6 GGs dan past bo‘lgan barcha chastota diapazonida ishlay oladi va 2G, 3G, 4G va 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu nafaqat antennani o‘rnatish uchun cheklangan maydon muammosini hal qiladi, balki mavjud yechimlar bilan solishtirganda mulkning umumiy qiymatini (TCO) 30 foizdan ham ko‘proqqa pasaytiradi. Shu bilan birga, Huawei kompaniyasi vertikal ilovalar uchun sanoat sohasidagi 5G modullarini yetkazib beruvchilari orasida sohada birinchi o‘rinda turadi.

4G davrida odamlar o‘zlarining videolari va ovozli xabarlarini o‘zaro baham ko‘rishlari mumkin. Biroq, 5G taqdim etayotgan yuqori darajadagi uzatish imkoniyati tufayli odamlar AR va VRʼning ajoyib tajribasidan bahramand bo‘lishlari mumkin va bu ularga o‘zlarining fikrlari va his-tuyg‘ularini avvalgidanda yaxshiroq darajada yetkazishga imkon beradi. 5Gʼning bu ajoyib tajribasi aqlbovar qilmaydigan yangi qiymatni yaratadi. Mobil keng yo‘lli 5G (eMBB) Ultra HD-Video aloqasining rivojlanishi bilan B2C 5G-xizmatlarining ommaviy rivojlanishi yuzaga keladi. B2C 5G-xizmatlari ham katta imkoniyatlarni namoyish etdi. Huawei ba’zi operatorlar bilan birgalikda “5G oq kitobi”ni chiqardi va ko‘plab sohalarda 5G ilovalarini joriy etish uchun B2B ilovalarini tadqiq qildi. Matbuot anjumanida Rayan Din tomoshabinlarga tele-eshittiruv operatori uchun jonli efirni sezilarli darajada soddalashtiradigan, o‘rnatilgan 5G modulli ryukzak ko‘rinishidagi innovatsiyani namoyish etdi.

Rayan Din 4G davrida deyarli barcha operatorlar tarmoqda bir xil ish tajribasini ta’minlaganligini ta’kidladi. Biroq 5G davrida operatorlar katta miqdordagi ko‘rsatkichlarga, shu jumladan, ma’lumotlar hajmi, kutish vaqti, uzatish qobiliyati va ulangan qurilmalar soni kabi ko‘rsatkichlarga asoslanib, foydalanuvchilar uchun turli xil tajriba taqdim etishlari va xizmatlarni turlicha narxlashlari mumkin. Bu 5G tarmog‘i yordamida ko‘proq daromad olishga imkon beradi va operatorlarni hozirdanoq o‘zlarining 5G biznes modellarini qayta ko‘rib chiqishlariga undaydi.

Huawei va uning global hamkorlari ko‘plab sohalarni, jumladan, media sohasi, kampus yechimlari, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasini qamrab olgan 5G loyihalari ustida ishlamoqdalar. Konferensiyada Rayan Din sohadagi hamkorlari ishtirokida “5G innovatsion hamkorlik dasturi”ni ishga tushirdi. Keyingi 5 yil ichida Huawei ushbu dastur doirasida innovatsion 5G ilovalariga 20 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda va bu bilan 5G ekotizimining gullab-yashnashiga yordam bermoqda va beshinchi avlod tarmoqlarining tijorat muvaffaqiyatlarini tezlashtirishga hissa qo‘shmoqda.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq