«MeningFikrim.uz» veb-portali orqali tushgan jamoat murojaati yuzasidan brifing o‘tkazildi
22.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

2020-yil 21-fevral kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan «MeningFikrim.uz» veb-portali orqali kelib tushgan IMEI identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish haqidagi jamoaviy murojaat yuzasidan jurnalistlar uchun brifing o‘tkazildi.

Unda qayd etilganidek, parlament quyi palatasining Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi tomonidan “Mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini takomillashtirish” masalasini o‘rganish boshlandi.

Mazkur o‘rganish Oliy Majlisning «MeningFikrim.uz» yagona jamoatchilik tashabbuslari veb-portali orqali kelib tushgan IMEI identifikatsiya kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish haqida jamoaviy murojaat bo‘yicha qarorini tayyorlash doirasida o‘tkazilmoqda.

Brifingda masalani o‘rganish uchun parlamentning tegishli qo‘mitasi tomonidan deputatlar bilan birgalikda IT-biznesi, ilmiy va ekspert doiralari vakillari kirgan ishchi guruh tuzilgani ma’lum qilindi. Ta’kidlanganidek, o‘rganilayotgan masala yuzasidan qo‘mitaning ishi natijasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi yalpi majlisida ko‘rib chiqiladigan maxsus ma’ruza bo‘lishi kerak.

Qo‘mita tomonidan mazkur ma’ruzani tayyorlash doirasida quyidagi turdagi ishlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda:

— mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish milliy tizimi faoliyati bilan bo‘liq statistik va moliyaviy ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish;

— mobil qurilmalar kodini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tushadigan mablag‘lar hajmi va olingan mablag‘larni aniqlash hamda ularni maqsadli sarflash mexanizmlarini o‘rganish;

— bojxona statistikasi ma’lumotlari asosida mobil aloqa texnikalari importi dinamikasi tahlili;

-import qiluvchilar va fuqarolar tomonidan IMEI kodlarni ro‘yxatdan o‘tkazish amaliyotini o‘rganish, ushbu faoliyatda muammolar ehtimolini aniqlash;

— mobil qurilmalarni davlat tomonidan ro‘yxatdan o‘tkazish tizimini tashkil etish va faoliyat yuritishi xalqaro tajribasining qiyosiy-taqqoslama tahlilini o‘tkazish;

— foydalanuvchilar o‘rtasida ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazish;

— joriy qilingan mobil qurilmalar kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish tizimining tartibi, maqsad va vazifalarini aholiga yetkazish bo‘yicha axborot-tushuntirish ishlarining o‘tkazilishi samaradorligini o‘rganish va boshqalar.

O‘rganilgan ishlar asosida qo‘mita mobil qurilmalarni yagona xalqaro identifikatsiya IMEI kodlari bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lovni bekor qilish/qoldirishning maqsadga muvofiqligi, shuningdek, ushbu sohada faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha ma’ruzada o‘z fikrini bayon qiladi va ushbu fikrni Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga ko‘rib chiqish uchun taqdim etadi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq