Vazifalar dolzarb va juda muhimdir!
21.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

20-fevral kuni Xalqaro press-klubning navbatdagi sessiyasida Davlat dasturi loyihasining ijtimoiy yo‘nalishlari muhokama qilingan edi. Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.

Hozirgi kunda vazirlik oldida Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan parlamentga yo‘llangan Murojaatnomasida ko‘rsatilgan muhim va dolzarb vazifalar turibdi. Ular barchasi 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyagiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish Yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi loyihasida o‘z aksini topgan.Raqamli iqtisodiyotni rivojlanishini ta’minlashda raqamli infratuzilmani yaratishining o‘rni beqiyosdir.

Mazkur vazifalarni amalga oshirishda IT-sohani yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlash zarur. Bu borada yoshlarni IT-asoslariga keng o‘rgatishga, axborot texnologiyalar sohasida ta’lim olish uchun ularga tegishli sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratiladi.

Birlashgan Arab Amirliklari bilan birgalikda amalga oshirilayotgan «One million coders» (“Bir million dasturchi”) yirik loyihasi aholining keng qatlamlarini masofaviy ta’lim bilan qamrab berishga, kerakli kadrlarni tayyorlashga ko‘mak beradi.Internet tarmog‘ini kengaytirish bo‘yicha zamonaviy texnologiyalarni qo‘llagan holda foydalanuvchilar ehtiyoji uchun internetga ulanish imkoniyati tezligini 10 marotabaga oshirish (aholida internetga ulanish imkoniyatini o‘rtacha 10 Mbit/s dan 100 Mbit/s gacha, korxona va tashkilotlarda esa 100 Mbit/s dan 1000 Mbit/s gacha), xalqaro paketli kommutatsiya markazlarining o‘tkazuvchanligini 2,5 barobarga (1200 dan 3 000 Gbit/s.) kengaytirish loyihasini amalga oshirishi nazarda tutilgan.

Shuningdek internet tarmoqlarida yirik xorijiy kontent tashkil etuvchi Google, Yandex va Facebook kabi kompaniyalarning resurslarini respublikamiz hududiga joylashtirish ishlari olib boriladi. Viloyatlararo magistral transport va ma’lumotlar uzatish tarmoqlarining o‘tkazuvchanlik darajasini 2 barobarga, ya’ni 200 dan 400 Gbit/s.gacha, tumanlararo o‘tkazuvchanlik darajasini 1,5 barobarga, ya’ni 40 dan 60 Gbit/s.gacha kengaytiriladi. Aholi maskanlarini yuqori tezlikdagi Internet tarmog‘i bilan ta’minlash maqsadida respublikamizning aholi hududlari bo‘yicha 12 ming kilometr uzunlikda optik tolali aloqa liniyalari quriladi.Hududlarda mobil aloqa qamrovini kengaytirish maqsadida keyingi 2 yilda 4 400 ta (2020 yilda 2 200 ta, 2021-yilda esa 2 200 ta) mobil aloqa tarmoqlarining baza stansiyalari o‘rnatiladi, bu loyihaning asosiy e’tibori chekka aholi maskanlariga qaratiladi. Joriy yilning o‘zida aholi maskanlarining keng polosali mobil aloqa qamrovini 70 foizdan 85 foizgacha yetkazilishi rejalashtirildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq