Sunʼiy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi ishlab chiqilmoqda
20.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligida tashkilotlar, idoralar hamda tadbirkorlar ishtirokida Mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlarida sunʼiy intellektni rivojlantirish konsepsiyasi va “Yoʻl xarita”sini ishlab chiqish maqsadida davra suhbati boʻlib oʻtdi.

“Mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda sunʼiy intellekt oʻrni” mavzusiga bagʻishlangan yigʻilishni innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari Azimjon Nazarov ochib berdi.

— Jahon Intellektual mulk tashkilotining 2019-yil eʼlon qilgan maʼlumotiga koʻra, 1960-yildan 2018-yilga qadar sunʼiy intellekt bilan bogʻliq 340 000 ta patent olingan va 1 636 649 ta ilmiy maqolalar chop etilgan. 2002—2017-yillar oraligʻida sunʼiy intellekt sohasida chop etilayotgan maqolalarning yillik oʻsish surʼati 5.6% ni tashkil etmoqda, olingan patentlar sonining yillik oʻsish surʼati esa qariyb 28% ni tashkil etadi. 2030-yilga kelib SIning global iqtisodiyot YAIMga qariyb 15 trillion dollar kiritishi taxmin etilmoqda. Quvonarli jihati shundaki, davra suhbati davomida mamlakatimizda sunʼiy intellektni rivojlantirish va ushbu sohada ilgʻor mamlakatlar qatoridan joy olishimiz uchun fundamental va amaliy asoslar mavjudligi yaqqol koʻrindi, — dedi A.Nazarov.

Innovatsion rivojlanish vazirligi mutaxassislari tomonidan tayyorlangan taqdimotda xalqaro miqyosda CIga qiziqish ortib borayotgani aytib oʻtildi va raqamli iqtisodiyot boʻyicha yetakchilik qilayotgan mamlakatlardagi (AQSH, Xitoy, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Germaniya, Fransiya va boshqalar) sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasi haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, SI boʻyicha ilmiy nashrlar va patentlarning oʻsib borishi kuzatilayotgani taʼkidlab oʻtildi.

Shuningdek, “Smart Chain” MCHJ vakili Bobur Rahimov “Turizm sosʼhasida sunʼiy intellekt texnologiyalarni qoʻllashning ijobiy jihatlari“, “Oʻzeltexsanoat“ uyushmasi vakili Abdumalik Kenjaboyev “Sanoatdagi SI“, Abror Musaxanov (Toshkent tibbiyot Akademiyasi) “Sogʻliqni saqlashda sunʼiy intellekt“ hamda Begzod Ortiqov (“EcoTexnoCity” MCHJ) “Smart universitet“ loyihalarining taqdimotini oʻtkazdi.

Seminar yakunlariga koʻra iqtisodiyotga sunʼiy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etishning navbatdagi qadamlari yuzasidan muhokamalar boʻlib oʻtdi. Taklif etilgan tashkilotlar vakillari Oʻzbekistonda SI rivojlanish konsepsiyasini yaratishda hamkorlik istiqbollari yuzasidan oʻz fikr va takliflarini bildirdilar.

Tadbir yakunida A.Nazarov Fanlar akademiyasi, oliy taʼlim muassasalari vakillari, startap loyihalar asoschilari, tadbirkorlar, xususiy kompaniyalar, shuningdek sunʼiy intellekt sohasidagi taklif etilgan ekspertlar ishtirokida forsayt tashkil etishni taklif qildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq