Huawei 2025-yilga borib telekommunikatsiyaviy energetika sohasida 10 ta asosiy moyillik yo’nalishlarini belgilab bermoqda
20.02.2020
Rukn: Texnologiya. Teglar:
Muallif: .

Yaqinda Huawei kompaniyasi 2025-yilga kelib telekommunikatsiyaviy energetika sohasida asosiy o‘rinni egallaydigan 10 ta yangi yo‘nalishni aniqladi, jumladan ular: energetika sohasini raqamlashtirish, “yashil” energiya manbalaridan foydalanishni ko‘paytirish, qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarni litiyli batareyalarga almashtirish, 5Gʼni joriy etish bilan turli sohalarga telekommunikatsiyalarning kirib borishi, AKT quvvat manbalarining muvofiqlashishi, SI (sun’iy intellekt) bilan bog‘lanishi, soddalashtirilgan “full-stack”, ko‘p funksiyali arxitektura, yanada yuqori samaradorlik va ishonchlilik.

5G hamma yerda. Telekommunikatsiya tarmoqlarida uchta muhim o‘zgarishlar yuz berishi kerak: yangi chastota spektrlari va yangi texnologiyalarning joriy etilishi, yangi bazaviy stansiyalarning paydo bo‘lishi va mobil periferik hisoblash (MEC) ulushining kamayishi. Shu bilan birga, 5G ko‘plab sohalarda joriy etilishini hisobga olganda, kelgusida AT va KT birlashadi va tarmoq infratuzilmasidan birgalikda foydalanish rivojlanadi. Ushbu o‘zgarishlar telekommunikatsiya energetikasining qanday yo‘nalishlarda rivojlanishiga asos bo‘ladi?

1-yo‘nalish: Energetikani raqamlashtirish

Asosiy jihat: butun dunyo bo‘ylab stansiyalardagi 90 foiz energiya raqamlashtiriladi.

5G paydo bo‘lishi bilan stansiyalar soni jadal ortib bormoqda va O&M tobora murakkablashmoqda. OPEXʼning o‘sishi operatorlar foydasini yo‘qqa chiqaradi. Energetikani raqamlashtirish undan foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishni soddalashtirish va maydondagi O&M xarajatlarini kamaytirishda hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Turli hisob-kitoblarga ko‘ra, raqamli qabul qilish, boshqarish va qayta ishlash texnologiyalari tufayli 2025-yilga kelib, dunyo bo‘ylab barcha stansiyalarning 90% qismi raqamli energiya oladi va bu operatorlarga soddalashtirilgan, ekologik toza va avtonom boshqaruv tarmoqlarini yaratishga imkon beradi.

2-yo‘nalish: “Yashil” energiya manbalaridan foydalanishni oshirish

Asosiy jihat: sanoatning barqaror rivojlanishi uchun yashil energiyani joriy qilish energiyani tejash va chiqindilarni kamaytirishga yordam beradi.

Iqlim o‘zgarishini bartaraf etish va Birlashgan Millatlar Tashkilotining Barqaror Rivojlanish Maqsadlariga (BRM) erishish uchun ko‘plab xaqaro operatorlar yoqilg‘i tejash, foydalanish xarajatlarini kamaytirish, chiqindi chiqarmaydigan dizel generatorlari, uglerod chiqindilarini kamaytirish va barqaror rivojlanish sohalarida bir qator strategiyalar qabul qildilar. Shu munosabat bilan yashil energiyaga kiritilayotgan sarmoyalar doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Fotoelektr, shamol energiyasi, vodorod yonilg‘i elementlari va litiyli batareyalar kabi yangi energiya texnologiyalari shakllanish bosqichida turibdi. Avvaliga bunday texnologiyalar juda katta miqdordagi investitsiyalarni talab qilsa-da, operatorlar asta-sekin uning atrof-muhitga zararsizligi, uglerod chiqindilarining kamligi, texnik xizmat ko‘rsatishga zaruratning yo‘qligi va elektr energiyasining arzonligi kabi afzalliklaridan foydalanishni boshlamoqdalar.

3-yo‘nalish: Qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarni litiyli batareyalarga almashtirish

Asosiy jihat: qo‘rg‘oshin kislotali batareyalar o‘rniga litiyli batareyalar o‘rnatiladi va batareyalar tobora ko‘proq zaxira energiya manbai emas, balki asosiy quvvat manbai sifatida foydalanila boshlaydi.

5G ning jadal rivojlanishi natijasida stansiyalarning energiya iste’moli ikki baravar ko‘paydi. Shuning uchun energiya zichligi yuqori bo‘lgan energiya saqlash tizimi kerak bo‘ladi. Bu borada litiyli batareyalar – ideal tanlovdir. Hozirgi vaqtda litiyli batareyalarning xizmat qilish muddati qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarning xizmat qilish muddatidan besh baravar ko‘p, yetarli miqdorda quvvatlangan litiyli batareyalarning samaradorlik va chidamlilik darajasi esa, qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarga qaraganda ikki baravar ortiq. Litiyli batareyalarning xizmat ko‘rsatish davri davomidagi xarajatlari qo‘rg‘oshin kislotali batareyalarnikiga qaraganda ancha kam. Kelgusi uch yil ichida litiyli batareyalar narxi 30% ga kamayadi. Litiyli batareyalarning narxi 2022-yilga borib qo‘rg‘oshin-kislotali batareyalarning narxiga teng bo‘lib qolishi taxmin qilinmoqda. Bundan tashqari, litiyli batareyalarning davriyligidan to‘liq foydalanish mumkin. Elektr energiyadagi cho‘qqi yuklamasini tekislash funksiyasi tarmoqning sig‘imini kengayishi va qayta ta’mirlash muammosini kelib chiqishinining oldini olishga yordam beradi, uning elektr energiyasi narxining egiluvchanligi elektr energiya uchun to‘lanadigan to‘lovni kamaytirishi mumkin, bu esa tarmoqni qurish va undan foydalanish xarajatlarini yanada kamaytiradi.

4-yo‘nalish: 5Gʼni joriy qilish bilan turli sohalarga telekommunikatsiyaviy energetikaning kirib borishi

Asosiy jihat: korxona miqyosidagi turli loyihalar uchun elektr ta’minotidan foydalanish bo‘yicha moslashuvchan yechimlar talab etiladi.

5G tarmog‘i stansiyalarni portlarga, shaxtalarga, elektr energiya korxonalariga, transportga va hattoki kollejlar, kasalxonalar va jamoat binolariga joylashtirish kabi korxonalar darajasida qo‘llash bo‘yicha turli xil dasturlar uchun bazaviy stansiya qurilmalarini taqdim etadi. Turli xil dasturlarni qo‘llash telekommunikatsiya energetikasini raqamli, modulli va moslashuvchan qilish uchun yanada moslashuvchan va diversifikatsiyalangan energetika yechimlarini talab qiladi.

5-yo‘nalish: AKT quvvat manbalarining muvofiqlashuvi

Asosiy jihat: AKTʼning bir xillashuvi elektr ta’minot sohasidagi turli xil yechimlarni talab qiladi.

5G ni ommalashishi axborotlashuv darajasini oshirdi va SIʼni jamiyat hayotining barcha jabhalariga kirib borishini kuchaytirdi. IT kompaniyalari turli xil dasturlarni ishlab chiqish uchun KT aloqa tarmoqlaridan foydalanishni boshladilar.

AKT konvergensiyasi o‘zgarmas rivojlanish yo‘nalishi ekanligi aniq bo‘lib qoldi. Bu o‘zgarishlar quvvat manbalariga va elektr stansiyalari va uskunalar turadigan binolarning zaxira himoyasiga turli xil talablarni keltirib chiqarmoqda. Telekommunikatsiya energetikasi energiya ta’minotini, zahira energiya ta’minotini, issiqlikni boshqarishni, bo‘sh maydonlardan foydalanishni va CT va IT qurilmalarining kabel boshqaruvini qo‘llab-quvvatlashi kerak. O&M sohasida ham yangi o‘zgarishlar kutilmoqda.

6-yo‘nalish: SI bilan o‘zaro bog‘lanishi

Asosiy jihat: NE va AI qo‘shma modellashtirish elektr tarmoqlariga egalik qilishning maqbul umumiy qiymatini ta’minlaydi.

5G stansiyalari sonining ko‘payishi va energiya sarfining ko‘payishi foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatishda katta xarajatlarni keltirib chiqarishi mumkin va bu 5G tarmog‘ining tez tarqalishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. SI bilan bog‘liq texnologiyalar ushbu muammoni hal qilishda muhim ahamiyat kasb etadi. Telekommunikatsiya energetikasi sohasida texnologiyalarni SI bilan o‘zaro bog‘liqlikda qo‘llash segmentlangan tarmoqlarda sayt resurslari konfiguratsiyasini optimallashtirish va energiya samaradorligini optimallashtirish uchun SI algoritmini modellashtirishni, shuningdek avtonom boshqaruv tarmoqlarini kengaytirish uchun SI tahlilini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.

7-yo‘nalish: Soddalashtirilgan full-stack

Asosiy jihat: soddalashtirilgan end-to-end va full-lifecycle energetika tarmoqlari.

Kelgusida hamma joyda tarmoqqa ulanish mumkin bo‘ladi, yanada ko‘proq chastota spektrlaridan foydalaniladi, stansiyalar yanada zichroq o‘rnatiladi. 5G davrida, stansiyalardan tortib tashuvchi tarmoqlargacha va baza tarmoqlarigacha bo‘lgan barcha energiya tizimlari yanada yiriklashadi va murakkablashadi, bu esa soddalashtirilgan kengayish va TCO nazoratini talab qiladi. Kelgusida, bitta hudud uchun bitta shkaf, bitta hudud uchun bitta quvvat bloki, avtomobilni avtonom boshqaruvini ta’minlaydigan tarmoqlar kabi bevosita elektr uzatish tarmoqlari va to‘liq hayotiylik davriga ega elektr tarmoqlarining soddalashtirilgan texnologiyalaridan keng foydalaniladi. Bu stansiyalarni keng yoyish va ularning sig‘imini kengaytirish samaradorligini sezilarli darajada oshiradi, O&M energiyasidan foydalanishni soddalashtiradi va soddalashtirilgan energetika tarmoqlariga ega bo‘lishga imkon beradi.

8-yo‘nalish: Ko‘p funksiyali arxitektura

Asosiy jihat: ko‘p funksiyali arxitektura elektr quvvatining kirishi va chiqishidagi xilma-xillik fonida kuzatiladigan rivojlanish yo‘nalishiga aylanadi.

Hozirgi kunda ko‘pchilik quvvat manbalari ko‘p funksiyali kirish yoki chiqishga moslashtirilmagan. Energiya shakllantiruvchi turli xil qurilmalar katta hajmli, past samaradorlikka ega va turli xil izolyatsiyalangan xizmat ko‘rsatish interfeyslari bilan bitta tizimga birlashishga majbur. Bundan tashqari, qurilmalarning o‘zining va O&Mʼning narxi qimmat. Ko‘p funksiyali arxitektura yuqori zichligi va tizimning samaradorligi, oddiy tartibda tarqatilishi va yanada samarali O&Mʼga egaligi bilan ajralib turadi va uning kelajakda telekommunikatsiyaviy energetika sohasida yanada kengroq tarqalishi kutilmoqda.

9-yo‘nalish: Yanada yuqori samaradorlik

Asosiy jihat: to‘g‘rilash blokining samaradorligi maksimal darajagacha oshiriladi. Stansiya va tarmoq darajasidagi samaradorlik ham katta e’tiborni jalb qiladi.

Hozirgi kunda telekommunikatsiyaviy energetikaning samaradorligi asosan to‘g‘irlash bloki borasida o‘sib bormoqda. Asosiy ishlab chiqaruvchilarning to‘g‘irlash bloklari samaradorligi 90% dan 98% gacha o‘sishni tashkil etmoqda. Kelgusida maksimal samaradorlik 98% dan 99% gacha yaxshilanadi (bu to‘g‘irlash qurilmalaridagi yo‘qotishlarni 50% ga kamaytiradi). Shunga qaramay, butun hududning energiya iste’moli asosan elektr energiyasini ishlab chiqarish tizimida, haroratni boshqarish tizimida va elektr uzatish tarmog‘ida kuzatiladi. Operatorlar kelgusida stansiya va tarmoq darajasida energiya samaradorligini oshirishga ko‘proq e’tibor qaratishadi. Issiqlik almashinuvi uchun samarali yechim va tabiiy issiqlik tarqatishni ta’minlash uchun an’anaviy konditsionerlarni almashtirish borasidagi yechim issiqlik energiyasini boshqarishning ham asosiy yechimiga aylanadi.

10-yo‘nalish: Ishonchlilik

Asosiy jihat: ishonchlilik telekommunikatsiyaviy energetikaning ajralmas qismiga aylanib bormoqda.

SI telekommunikatsiya energetikasini izolyatsiya qilingan stansiyalardan elektr tarmoqlariga qadar rivojlanishiga imkon berdi. Quvvat manbalariga va zaxira ko‘chirmalariga bo‘lgan turli xil talablar, joylashtirish bo‘yicha majmuaviy dasturlar va raqamli tarmoqlar muhiti elektr tarmoqlarining ishonchliligi borasida yanada yuqori talablarni keltirib chiqaradi. Xavfsizlik, ishonchlilik, foydalanish imkoniyati, maxfiylik va moslashuvchanlik kabi ishonchli texnologiyalar ishonchli energiya tarmoqlarining muhim xususiyatlariga aylanadi.

Manba: kompaniya press-relizi

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq