Talaba-yoshlar auditoriyasi: quyidan yuqoriga
19.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: Jurnal tahririyati.
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining AKT va yoshlar boʻyicha yangi oʻrinbosari “Talaba-yoshlar auditoriyasi: quyidan yuqoriga” tamoyili asosida yangi loyihani boshladi.
Yusuf Absoatov quyidagi mexanizm asosida ishlashni maʼqul topdi:
- Talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot va davra suhbati asosida ularni qiziqtirayotgan masalalar va qiynayotgan muammolarni aniqlash.
- Talaba-yoshlarning taʼlim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish boʻyicha takliflarini qabul qilish.
- Mutaxassis-ekspertlar yordamida talabalar tomonidan koʻtarilgan muammoli masalalar va ularning yechimlari boʻyicha takliflarni atroflicha tahlil qilish.
- Tahlillar asosida talabalarning darsdan boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish va ilm-fan yoʻnalishidagi bilimlarini yanada boyitish ishlarini tashkil etish yuzasidan yangi tavsiyalar asosida samarali mexanizm ishlab chiqiladi.
Vazir oʻrinbosarining elektron manzili: absoatov@edu.uz.
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Facebookda bo`lishmoq
Twitterga qo`shmoq
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq