SBQ — Svetoforni boshqaruvchi qurilma uchun dastur
19.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Haydovchilar va piyodalar xavfsiziligini ta’minlashda svetoforlar muhim ahamiyat kasb etadi. Yo’l harakatini tartibga soluvchi chiroqlar yoʼl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʼl-transport hodisalarining oldini olishga xizmat qiladi.

Zero, yoʼl harakati qoidalari harakat ishtirokchilari zimmasiga muayyan huquq va majburiyatlarni yuklaydi. Bu huquqlar va majburiyatlarning asosiy qismi harakat xavfsizligini tartibga solib turuvchi yoʼl-patrul xizmati xodimlari hamda yoshi, kasb-kori, mavqeidan qatʼiy nazar turlitoifadagi haydovchilar, yoʼlovchilar oʼrtasidagi munosabatlarda aks etadi. Bu huquqiy munosabatlar yoʼllarda harakatlanish qoidalari buzilgan taqdirdagina vujudga keladi.

Dastur svetoforni boshqaruvchi qurilma uchun mo‘ljallangan.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— chorrahalardagi yo‘l harakatini avtomatik tarzda nazorat qiladi;

— yo‘llarda o‘rnatilgan svetoforlarni kerakli vaqtda o‘chirib-yoqishga va haydovchilar, piyodalar to‘gʼri harakatlanishiga yordam beradi;

— kechki soat 12:00 da o‘z rejimini o‘zgartirib svetoforni o‘chiradi, ertalabki soat 5:00 da avtomatik ravishda qayta yoqiladi.

Dastur chorrahalardagi svetoforlarni nazorat qilishda, piyodalar o‘tish joylarida, temir yo‘llar tizimida, maktab, kollejlar o’tish joylarida o’rnatilgan maketlarda qo’llanishga mo’ljallangan.
Dastur muallifi Mannanov Muzaffar va Axmedov Isxoqjonga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasining qonuniga ko‘ra DGU 06709 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq