“O‘zkomnazorat” DI hududiy inspeksiyasi “O‘zbektelekom” AK Namangan filialida seminar o‘tkazdi
19.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasining Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi tomonidan “O‘zbektelekom” AKning viloyatdagi filiali mas’ul xodimlari ishtirokida 2020-yilning 18-fevral kuni “Qurilishi tugallangan telekommunikatsiya obyektlarini davlat komissiyasi tomonidan foydalanishga qabul qilish tartibi” mavzusida profilaktik-seminar o‘tkazildi.

Seminarda hududiy inspeksiya xodimlari tomonidan ishtirokchilarga, telekommunikatsiya obyektlarini loyihalash, qurish va davlat komissiyasi tomonidan ularni foydalanishga qabul qilish tartib-qoidalari bo‘yicha mavjud me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari, Filial obyektlarni davlat qabul qilish komissiyasiga topshirish jarayonida ko‘pincha yo‘l qo‘yadigan kamchiliklar va ularni samarali yechimi to‘g‘risida tushuntirishlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga Namangan viloyati hududiy inspeksiyasi xodimlari tomonidan batafsil javoblar qaytarildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq