Keksalik kataraktasida erta tashhislash va davolash taktikasini tanlash uchun dastur
18.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Keksa yoshdagi katarakta ko’z gavharining qisman yoki to’liq xiralashishi bilan tavsiflanadi. Shaffoflik yo’qolishi sababli, ko’z yorug’lik nurlarining faqat bir qismini o’tkazishga qodir bo’ladi.

Ko’rish qobiliyati sezilarli darajada kamayib, odam atrofidagi dunyo xira bo’lib ko’rinadi. Vaqt o’tishi bilan kasallik rivojlanib boradi va xiralashgan hudud doimo kengayib boradi. Agar o’z vaqtida shifokor bilan maslahatlashmasangiz, keksa yoshdagi katarakta ko’rish qobiliyatidan butunlay ayrilishga olib keladi.

Keksalik kataraktasi butun jahonda 51 foiz holatlarda qisman yoki toʼliq koʼr boʼlib qolishga sabab boʼladi. Bu kasallik global doirada 53,8 million odamni nogiron boʼlib qolishga olib keladi. Аslida, 80 yoshdan keyin har bir odamda katarakta alomatlari boʼladi.

Dastur keksalik kataraktasida erta tashhislash va davolash taktikasini tanlash uchun moʼljallangan. Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— bemorlarning tekshiruv maʼlumotlarini yigʼish, kiritish va saqlash;

— kasallik bosqichini aniqlash;

— davolash natijalarini yaxshilash uchun bemor koʼz gavharining xiralashishini va individual xususiyatlarini hisobga olgan holda bemorning yoshi, kasallik bosqichi, klinik koʼrinishiga qarab davolash taktikasini tanlash.

Аmmo qanday yoshda boʼlishdan qatʼiy nazar, quyidagi alomatlarga doim eʼtibor berish lozim:

— koʼz oldida dogʼ yoki “xol” paydo boʼlishi;

— goh-gohida narsalar koʼrinishining xiralashishi;

— oʼtib ketmaydigan tuman;

— koʼrinib turgan rasmda sargʼish alomat paydo boʼlishi;

— matn oʼqiyotganda qiynalish va koʼzoynakni tez-tez almashtirish.

Dastur muallifi Sh.Abdullayev, G.Mamatxujayeva, A.Abdullayev, L.Abdullayeva va Sh.Abdullayevalarga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 06687 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq