UNB blokcheyn platformasi dasturi yaratildi
17.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Аvvalambor, dastur xususiyatlari toʼgʼrisida gapirishdan oldin blokcheyn tushunchasi haqida toʼxtalsak.

Blokcheyn — texnologiyasi foydalanuvchilarga vositachisiz bir-biriga aktivlarini ishonchli tarzda uzatish imkonini yaratadi. Blokcheynda pul koʼchirmalari haqidagi yozuvlar xotirada saqlanadi. Kriptovalyutalarda aynan blokcheyndan kim, kimga va qancha virtual pul oʼtkazganligi toʼgʼrisidagi maʼlumotlarni qayd qilish uchun foydalaniladi. Shuningdek, blokcheynda boshqa aktivlarni ham saqlash imkoniyati mavjud. Umuman olganda, nimani qogʼozda yozishning imkoni boʼlsa, xuddi shu funksiyani blokcheynda ham amalga oshirish mumkin boʼladi, faqat birgina farq – blockcheynda yozuvlarni almashtirish va soxtalashtirishning imkoni yoʼq.

Blockcheyn gʼoyasining yorqin namunasi — bu Ethereum texnologiyasi bo’lib, platforma blockcheynda ilovalar yaratish uchun moʼljallangan. Efir (Ethereum) — bu blokcheyn asosida qurilgan Bitkoin singari raqamli valyuta bo’lib, unda pul operatsiyalari to’g’risidagi ma’lumotlar yozib qo’yiladi. Ko’pincha, efir bitkoinga raqobatchi sifatida qaraladi, ammo uning farqli jihatlari ko’p. Ethereum texnologiyasi noyob imkoniyatga ega. Bu sizga har qanday aktivlar bilan har qanday operatsiyalarni an’anaviy huquqiy jarayonlarga murojaat qilmasdan blokcheyn turidagi shartnomalarning taqsimlangan bazasi asosida ro’yxatdan o’tkazishga imkon beradi. Bu “aqlli shartnoma” deb nomlanuvchi texnologiya sanaladi.

Dastur asosiy darajadagi Ethereum blokcheynining erkin ommalashgan Geth mijoziga qoʼshimcha hisoblanadi. Dastur arxitekturasi mikroservislar deb nomlangan zaif bogʼlangan modullar prinsipiga asoslanadi, ularning har biri oʼz mantiqiy va servislararo aloqalar uchun interfeyslarga ega. Xizmatlar blokcheyn bilan oʼzi ishlab chiqqan maxsus smart shartnomalar orqali oʼzaro aloqa qiladi. Dastur blokcheynga tranzaksiyalarni yozish tezligini 1000 martaga oshirish, blokcheyn tarmoqlarini boshqarish uchun qulay interfeysni taʼminlash uchun ishlab chiqilgan. Dastur yangi modullarni, smart shartnomalarni va yordamchi mantiqlarni qoʼshish orqali kengaymoqda va shu bilan blokcheyn dasturlarining ekotizimini shakllantirmoqda.

Platformaning asosiy mikroservislari quyidagilardan: avtorizatsiya qilish, P2P-VPN yashirin tunnel tarmogʼi, tizim konfiguratsiyasini boshqarish, hisob-kitob holati monitoringi, boshqaruv va foydalanuvchilarni boshqarish, tashqi IM integratsiya interfeysi, Internet/intranet shlyuzdan iborat.

Dastur muallifi «Blockchain Industrial Alliance» mas’uliyati cheklangan jamiyatiga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 06738 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq