Startup Advice – startapchilar uchun yangi IT-Park xizmati!
17.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

IT-Park Venchur Investitsiyalar Assotsiatsiyasi bilan birgalikda seshanba kunlari soat 16:00 dan keyin IT-Park ofisida ochiq eshiklar soatlari – “Startup Advice” oʻtkazmoqda. Biz barcha xohlovchilarni imkoniyatdan foydalanishga va tashkilotimizning muhim ahamiyatga ega vakillari bilan shaxsan suhbatlashishga taklif qilamiz. Uchrashuv davomida siz oʻzingizning startapingizni taqdim etishingiz va oʻz gʻoyangizni takomillashtirish va amalga oshirish boʻyicha qimmatli maslahatlarni olishingiz mumkin.

Afsuski, koʻplab startapchilar bunday tadbirlarda qatnashishdan, mutaxassislarga murojaat qilishdan va oʻz startaplarini namoyish etishdan qoʻrqishadi. Buning sabablari turlicha boʻlishi mumkin: kimdir masxara boʻlishdan, uning startapiga yetarlicha baho bermasliklaridan yoki shunchaki uni eshitmasliklaridan qoʻrqadi; kimdir tortinadi va ahmoq boʻlib koʻrinishdan qoʻrqadi.

Bu har bir odamga xos boʻlgan va faqatgina bizning barchamiz bunday his-tuygʻularni namoyon etishga haqqi bor insonlar ekanligimizni isbotlaydigan mutlaqo normal insoniy omildir. IT-Park buni juda yaxshi tushunadi va sizning holatingizni toʻgʻri qabul qila olishga qodir.

Agar siz oʻzingizning startap dasturingizni namoyish qilish uchun yetarli darajada yaxshi emas deb oʻylasangiz va agar sizning doʻstlaringiz, hamkasblaringiz, turmush oʻrtogʻingiz va boshqa yaqinlaringiz sizning muvaffaqiyatingizga ishonmasa, unda bu bizning har seshanba boʻlib oʻtadigan “Startup Advice” ochiq eshiklar kunimizga tashrif buyurishingiz, uni shaxsan bizning mutaxassislarimizga namoyish etishingiz va sizga ishonmaganlarning barchasining nohaq ekanligini isbotlashingiz uchun sabablardan biri xolos.

Biz sizni xafa boʻlib qolishingizga yoʻl qoʻymaymiz va har doim sizning loyihangizni qoʻllab-quvvatlashga, amaliy maslahatlar berishga, hamma narsada batartib yondashishga va sizni toʻliq tinglashga tayyormiz. Siz ahmoq yoki kulgili boʻlib koʻrinishdan qoʻrqmang, biz barchamiz faqatgina bir marotaba yashaymiz va IT-Park eshigi tomon tashlanadigan birgina dadil qadam sizning hayotingizni butunlay oʻzgartirishi mumkin!

P.S. Uchrashuvlar jonli navbat tartibida oʻtkaziladi. Oʻz imkoniyatingizdan foydalaning!

Sana: har seshanba

Qabulning boshlanish vaqti: 16:00

Oʻtkazilish joyi: IT-Park (Tepamasjid koʻchasi, 4)

Savollar yuzasidan quyidagi telefon raqami boʻyicha murojaat qilishingiz mumkin: +998 71 209 11 99

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq