Oʻzbekistonda birinchi marta “Angry Birds” oʻyini yaratuvchisi tomonidan trening oʻtkaziladi!
17.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

IT-Park tashkilotchiligida, 2020-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida Finlyandiyaning “Rovio” kompaniyasining marketing boʻyicha direktori, shuningdek, mashhur “Angry Birds” oʻyinini yaratuvchilardan biri Piter Vesterbak murabbiylik qiladigan trening boʻlib oʻtadi.

Treningning maqsadi: Yevropaning IT sanoatini va ularning mahalliy mutaxassislarning malakasini oshirish boʻyicha ishlash usullarini yoritib berish, shuningdek savol-javoblar sessiyasini tashkil etishdir.

Tadbirda barcha xohlovchilar oʻtgan yillardagi eng shov-shuvli oʻyinlardan birini yaratuvchilaridan biri bilan shaxsan uchrashish va suhbatlashish uchun yaxshi imkoniyatga ega boʻladi. “Angry Birds” oʻyinining tarixi 2009-yilda boshlanib, 2016-yilgacha davom etgan. Shuningdek, 2016-yilda ushbu oʻyin asosida multiplikatsion film chiqarilgan, 2019-yilda esa “Angry Birds” filmining millionlab koʻrishlar soniga erishgan ikkinchi qismi chiqqan. Agar Piter Vesterbak va uning hamkasblari choʻchqalar bilan kurashadigan qushlar oʻyinini yaratish boʻyicha oʻzlarining ajoyib gʻoyasini amalga oshirmaganlarida edi, bularning hech biri boʻlmasdi.

Piter Vesterbakning oʻzi “Rovio”ga oʻtishidan oldin uzoq vaqt davomida IT sohasida ishlagan – u “HP Mobile E-Services Bazaar” loyihasining asoschisi, shuningdek “MobileMonday”, “Edunation”, “Fun Academy”, “Lightneer”, “HP Bazaar”, “FinEst Bay Area” va “Slush” loyihalarining hammuassisidir.

2011-yilda janob Vesterbak TIME jurnali maʼlumotlariga koʻra “sayyoramizdagi 100 ta eng obroʻli odamlar” reytingiga kirdi, 2015-yilda esa u shu reytingning oʻntaligiga kirdi!

U hurmatga sazovor maslahatchi, ilhomlantiruvchi maʼruzachi hisoblanadi, shuningdek 2018-yilda janob Vesterbak Shanxaydagi Tunszi universitetida innovatsiya va tadbirkorlik boʻyicha professor boʻldi.

Bizning tadbirimiz 2020-yil 26-fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida boʻlib oʻtadi.

Tadbir 18:30 da boshlanadi (bir soat davom etadi).

Mazkur tadbirda ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish kerak. Roʻyxatdan oʻtish uchun quyidagi havolaga oʻting: https://forms.gle/tXoY6aHqkYsRJj6d8

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq