TATUda Avstriyalik professor dars berishni boshladi
13.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Joriy yilning 8—23-fevral kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetiga Klagenfurt universiteti (Avstriya) professori Jean Chamberlain Chedjou “Nonlinear dynamics” fanidan oʻqitish uchun “Radio va mobil aloqa” fakultetiga tashrif buyurdi.

Professori Jean Chamberlain Chedjou tashrifidan koʻzlangan maqsad — Dynamics: Modelling, Simulation and CNN-based computing mavzusida 30 soat maʼruza va 30 soat amaliyot mashgʻulotlarini oʻtkazish, magistratura va PhD talabalari bilan birgalikda ilmiy muammolarni yechib, yuqori impakt faktorli jurnallarda maqola chop etish, PhD dissertatsiyalarga ikkinchi rahbar boʻlib faoliyat olib borish koʻzda tutilgan.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-sonli hamda 2018-yil 5-iyundagi “Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3775-sonli qarorlarida koʻrsatilgan vazifalarning ijrosini taʼminlash maqsadida Xorijiy professorning kelib ketishi bilan bogʻliq harajatlar Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti xuzuridagi Ilmiy-inovatsion rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan amalga oshirilmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq