“Yil fasllari” mavzusida bolalar ijodiy rasmlari Respublika ko’rik tanlovi
12.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

“O‘zbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiya-larini rivojlantirish vazirligi va O‘zbekiston badiiy Akademiyasi bilan birgalikda 2020-yilning 15-yanvaridan 15-martigacha “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumini chop etish uchun “Yil fasllari” bolalar ijodiy rasmlari Respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Таnlovni o‘tkazish shartlari:

Tanlovda 8 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar ishtirok etadilar.

Tanlovga А4 shaklidagi oq vatman qog‘ozda guash yoki akvarelda bajarilgan ijodiy ishlar qabul qilinadi, va yorqin fluorensentsiya bo‘yoqlaridan foydalanmagan bo’lishi lozim. Rasmning badiiy kompozitsiyasini ishlab chiqishda keyinchalik uning o‘lchamlari pochta markasi o‘lchamigacha kichraytirilishini hisobga olinishi kerak.

Har bir ishtirokchi 4ta faslni (bahor, yoz, kuz, qish) alohida A4 shakildagi oq vatman qog‘ozda chizib (jami 4 ta rasm) jo‘natishi lozim.

Ijodiy ish (rasm)ning orqa tomonida quyidagi ma’lumotlar bo‘lishi shart: ijodiy ishning nomi, muallifning ismi-sharifi, nasabi, tug‘ilgan yili, oy, kuni, o‘qish joyi, to‘liq pochta manzili, telefon raqami.

Ijodiy ishlar quyidagi talablar bo‘yicha baholanadi:

  • mavzuga mos kelishi;
  • ishning murakkabligi va kompozitsiyasi;
  • o‘ziga xosligi;
  • ijodiy ifoda etish yo‘llari.

Ijodiy ishlar 2020-yil 20-mаrtgacha qаbul qilinadi.

Eslatma: Yuqoridagi talablarni buzgan holda Tanlovga taqdim etilgan ishlar Tanlov hay’ati tomonidan ko’rib chiqilmaydi.Taqdim etilgan barcha ishlar qaytarilmaydi.

Tanlov g‘oliblarini taqdirlash, hay’at a’zolari yig‘ilishi va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Badiiy kengashi bayonnomalariga asosan 2020 yil 1 iyun kuni o‘tkaziladi.

I, II, III va IV o‘rin g‘oliblari aniqlanib, ular tanlov tashkilotchilari tomonidan quyidagi qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi:

I o‘rin – raqamli fotoapparat;

II o‘rin – mobil telefon apparati;

III o‘rin – velosiped;

IV o‘rin – “Aloqachi” oromgohiga yo‘llanma.

Hay’at a’zolari qaroriga ko‘ra 10 ta maxsus sovrinli o‘rinlar aniqlanib, laureatlarga O‘zbekiston Respublikasi pochta markalari to‘plamlarining “Dunyo bolalar nigohida” maxsus pochta markalari turkumi beriladi.

Tanlov natijalari gazeta va jurnal sahifalarida, “O‘zbekiston pochtasi” АJ, O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining va O‘zbekiston badiiy Akademiyasi saytlarida e‘lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblarining ijodiy ish (rasm)lari “O‘zbekiston pochtasi” АJ saytida joylashtiriladi.

Ijodiy ishlar (rasmlar) quyidagi manzilga jo‘natiladi: Toshkent shahri, 100011, A.Navoiy ko‘chasi, 28-V uy, “O‘zbekiston pochtasi” AJ “O‘zbekiston markasi” filiali, “Tanlovga” deb ko‘rsatilishi shart. Telefonlar: 244-39-36, 244-70-55.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq