“YAKlass” pilot loyihasiga start berildi
12.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan poytaxtimizdagi Mirzo Ulugʻbek va Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatlari, Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktablari pedagogik jamoasiga va oʻquvchilariga Rossiya Federatsiyasining jahonga mashhur boʻlgan “Skolkovo” texnoparki rezidentlaridan biri boʻlmish “YAKlass” kompaniyasi tomonidan yaratilgan https://www.yaklass.ru internet-portalidan toʻliq foydalanish imkoniyati yaratildi.

Mazkur loyiha oʻquvchilarni taʼlim muassasalarda olayotgan bilimlarini mustahkamlash, yoshlarning ilm egallashga boʻlgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini rivojlantirish, ilm-fanni oʻzlashtirishga boʻlgan ragʻbatini yuksaltirish, pedagog xodimlarning malakasini oshirish, oʻquvchilarga qoʻshimcha vazifalar berish imkoniyatini beradi.

Taʼkidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirining 2019-yil 18-20-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Moskva shahrining “Skolkovo” texnoparkiga tashrifi davomida “YAKlass” kompaniyasi bilan bir qator masalalar yuzasidan kelishuvlarga erishilgan edi. Shu munosabat bilan “YAKlass” kompaniyasi tajriba loyihasi sifatida Mirzo Ulugʻbek maktab-internatida 7-10 sinf jami 76 nafar oʻquvchi hamda 14 nafar pedagogik xodimlar, Abu Ali ibn Sino maktab-internatida 7-10 sinf jami 150 nafar oʻquvchi va 22 nafar pedagog xodimlar, Toshkent shahri Yunusobod tumanidagi 9-sonli umumtaʼlim maktabining 5-8 sinf jami 60 nafar oʻquvchi va oʻqituvchilarga pilot loyihasi joriy etilmoqda.

YAKlass – bu maktab oʻquvchilari, oʻqituvchilari va ota-onalar uchun taʼlim beruvchi internet-resurs. YAKlass oʻz ishini 2013-yilda boshlagan. Bugungi kunda Rossiya, Latviya, Armaniston, Avstriya, Finlyandiya, Germaniya, Qozogʻiston va Belarus Respublikasidagi 40 mingga yaqin maktabning 2 million oʻquvchisi mazkur onlayn platformadan foydalanmoqda.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq