«Shahardagi tadbirlar» mobil ilovasi yaratildi
12.02.2020
Rukn: Yangiliklar.
Muallif: .

Bugungi kunda mobil ilovalar hayotimizga qulaylik yaratish bilan birga vaqtimizni unumli va kunimizni to’g’ri rejalashtirishga ham ko’mak beradi.

Shunday dasturlardan biri shahardagi tadbirlar haqida maʼlumotlar olish va geografik joylashtirish imkoniyatini yaratish uchun moʼljallangan.

Ayniqsa, shiddatli axborot oqimida kerakli ma’lumotga ega bo’lish, dolzarb masalalarga bag’ishlangan anjumanlardan xabardor bo’lish juda muhimdir.

Dastur kundalik hayotda ish taqozosi bilan turli tadbirlarda qatnashuvchi soha vakillari ayniqsa jurnalistlarga juda as qotadi. Bundan tashqari talabalar va tadbirlarda ishtirok etishga qiziquvchilar mazkur ilovadan foydalanish orqali tadbir va u o’tkazilayotgan manzil haqida ma’lumotga ega bo’lishadi.

Dasturning funksional imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

— Android operatsion tizimida ishlaydi;

— geografik xaritaga shaharda kutilayotgan maxsus tadbirlarni qoʼshib boradi;

— shahar xaritasiga asoslangan holda yaratilgan axborot tizimi mavjud;

— shahardagi tadbirlar haqida maʼlumot olish mumkin.

Dasturning ahamiyati shundaki, undan nafaqat ishtirokchilar foydali ma’lumotga ega bo’lishi balki tashkilotchilar ham tadbirning dolzarbligi jihatidan aniq auditoriyani jalb qilish, tashrif buyuruvchilarga tezkor ma’lumot yetkazish imkoniyatiga ega bo’lishadi.

Dastur muallifi Kasimova Shoxsanamga “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasining qonuniga ko’ra DGU 06720 raqamli guvohnoma berildi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq