Raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda “Aqlli shahar”larning oʻrni
11.02.2020
Rukn: Коnferensiyalar, seminarlar va taqdimotlar.
Muallif: .

Bugungi kunda barcha sohalarda raqamli xizmatlarni tashkil etish asosida raqamli iqtisodiyotni shakllantirish asosiy maqsadlarimizdan biridir. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi. Shu bilan birga Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir soʻz bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashga erishish koʻzda tutiladi.

Joriy yilning 7-fevral kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda Jahon banki ekspertlari hamkorlikda Toshkent shahridagi Amiti Unversitetida Janubiy Koreyaning “Pusan Aqlli shahar” bosh arxitektori va muallifi, texnika fanlari doktori Jon-Sung Xvan va boshqa janubiy koreyalik yetuk mutaxassislar ishtirokida “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy qilish boʻyicha seminar tashkil etildi. “Pusan Aqlli shahri”da raqamli texnologiyalarning ishlash mexanizm hamda shaharni raqamli boshqarishda boshqa shaharlardan ustunligi va uning faoliyati toʻgʻrisida doktori Jon-Sung Xvan maʼruza qildi.

Tadbir doirasida tashkil etilgan panel muhokamalarda innovatsion rivojlanish vazir oʻrinbosari Azimjon Nazarov, Jahon bankining raqamli taraqqiyot boʻyicha katta mutaxassis Sunyon Kim, Jahon bankining raqamli ishlanmalar boʻyicha bosh mutaxassis Mixail Bunchuk, “Smart chain” kompaniyasi direktori Bobur Nazar ishtirok etdi. Seminar davomida mamlakatimizda “Aqlli shahar” texnologiyalarini joriy etishdagi mavjud muammolar, xorijiy tajribadan kelib chiqib, muvafaqqiyatli natijalarga erishishga qaratilgan amaliy tadbir va yoʻnalishlar belgilab olinadi.

Seminardan soʻng tor doirada koreyalik mutaxassislar va Jahon banki vakillari ishtirokida respublika vazirlik va idora vakillari aqlli shaharlarni barpo etish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishdi. “Aqlli shahar” konsepsiyasini amalga oshirishda shahar xizmatlari va davlat organlari bilan hamkorlikda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllash orqali aholining faolligini oshirish, suv va energiya resurslari sarfini kamaytirish, transport infratuzilmasi tirbandligini kamaytirish, aholi yaxshi yashashi uchun qulay sharoitlar yaratish yoʻlida bir qator ijobiy natijalarga erishish kutilmoqda.

Kunning ikkinchi yarmida esa koreyalik mehmonlar ishtirokida Innovatsion rivojlanish vazirligida tashkil etilgan “Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari laboratoriyasi”da uchrashuv boʻlib oʻtdi. Unda “Aqlli shahar” konsepsiyasi uchun normativ-meʼyoriy xujjatlar tayerlash hamda Jahon banki loyihasi asosida Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda “Aqlli shahar” Konsepsiyasini joriy qilish boʻyicha tashkil etilgan ishchi guruh tarkibiga kiruvchi vazirlik va idoralar vakillarining aqlli shaharlar boʻyicha Janubiy Koreya tajribasini oʻrganish maqsadida Pusan shahrida malaka oshirish masalasi muhokama qilindi.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq