IT-Park xodimlari 30-sonli Mehribonlik uyida trening oʻtkazdilar
11.02.2020
Rukn: Tadbirlar.
Muallif: .

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ilgari surgan beshta tashabbusning uchinchi tashabbusiga muvofiq, mamlakatimiz yoshlari oʻrtasida axborot texnologiyalariga, shuningdek kompyuter savodxonligiga qiziqishni oshirish maqsadida, 2020-yil 7-fevral kuni IT-Parkning masʼul xodimlari Toshkent shahridagi 30-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun trening oʻtkazdilar.

Treningda IT-Park vakillari tashkilotning faoliyati, shuningdek axborot texnologiyalari sohasida qanday qilib muvaffaqiyatli mutaxassis boʻlish va oʻzining startapini yaratish haqida soʻzlab berishdi.

“One million Uzbek Coders” loyihasi xodimlar chiqishining muhim mavzusiga aylandi, chunki mazkur loyiha doirasida barcha istovchilar bepul onlayn oʻquv kursidan oʻtishi va oʻz bilimlarini tasdiqlaydigan sertifikatlarni qoʻlga kiritishlari mumkin.

Shuningdek, bolalar IT-Park qoshidagi IT-Markazlarning kibersport va robototexnika yoʻnalishlariga qiziqish bildirdilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq