Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish uchun litsenziyani my.gov.uz portali orqali olish
10.02.2020
Rukn: Sharh va fikr-mulohazalar.
Muallif: .

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi (keyingi o‘rinlarda — Markaz) aholi hayotini osonlashtirishga qaratilgan interaktiv davlat xizmatlarini joriy qilishda davom etmoqda. Bu safar tadbirkorlik subyektlariga litsenziya olish jarayonini sezilarli darajada soddalashtira oladigan yangi “Avtomobil transportida yo‘lovchilarni va yuklarni shaharda, shahar atrofida, shaharlararo va xalqaro yo‘nalishlar bo‘yicha tashishga litsenziya olish” xizmati ishga tushirildi.

Endilikda ariza beruvchi, yo‘lovchilar va yuklarni tashishni amalga oshirish uchun litsenziya olishga quyidagi havola orqali ariza berishi kifoya, bunda zarur maydonchalar to‘ldiriladi va ariza tasdiqdan o‘tishi 3 ish kuni davomida kutiladi.

Davlat xizmati ko‘rsatilgani uchun bazaviy hisoblash miqdorining bir baravarida yig‘im undiriladi. Litsenziya kartasini berish uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda davlat boji undiriladi (https://lex.uz/docs/4454419).

Litsenziyani berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror qabul qilinganligi haqidagi xabarnoma yozma yoki elektron shaklda bir ish kuni ichida taqdim etiladi, bu esa Yagona portalning yana bir afzalligi hisoblanadi. Litsenziyaga bank hisob raqami rekvizitlari, davlat bojini to‘lash muddati ko‘rsatilgan litsenziya bitimi ilova qilinadi.

Xizmat Markaz, Yagona integrator UZINFOCOM va O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan.

Shuni ham ta’kidlab o‘tish lozimki, yanvar oyining o‘zida Yagona portal orqali 6.5 mingdan ortiq tadbirkorlik subyektlari litsenziya oldilar.

Manba

Orphus system
O'zbеkistonda AKT yangiliklaridan birinchilar qatorida xabardor bo'lish uchun Telegramda infoCOM.UZ kanaliga obuna bo'ling.
Telegramga qo`shmoq
WhatsAppga qo`shmoq
Odnoklassnikiga yubormoq
VKontakteda bo`lishmoq